Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
“O‘zmilliybank”AJ tashkil etilganligining 29 yill...

“O‘zmilliybank”AJ tashkil etilganligining 29 yilligi nishonlanmoqda

07.09.2020

Respublikamiz aholisiga qulay va sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatib mamlakatimiz taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan “O‘zmilliybank” AJ bugun 7 sentyabr kuni o‘zining   29 yilligini keng nishonlanmoqda.

Bankning barcha filiallarida bayram shukuhi va ko‘tarinki ruh bilan bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Bank mijozlarga sifatli va qulay xizmat ko‘rsatib kelayotgan fidokor xodimlarini qadrlaydi va bank rivojiga qo‘shayotgan salmoqli mehnatlarini yuqori baholaydi.

Bugun bank taraqqiyotiga ko‘shgan hissasi, fidoiyligi va ko‘p yillar davomida professional burchiga sodiqligi, yuqori tashkilotchilik qobiliyati hamda yosh kadrlarni tarbiyalashdagi a'lo mehnatlari alohida e'tirof etilgan bir qator xodimlarga Bank Boshqaruvining Faxriy yorliqlari topshirildi.

Korporativ ruhdagi bunday bayram tadbirlari katta jamoa jipsligini ta'minlash bilan birga barcha xodimlarda o‘z vazifalariga bo‘lgan ma'suliyatni hamda kelgusidagi ish samaradorligini yanada oshiradi.

Joylarda tadbirlarning o‘tkazilishi fotolavhalarda.­­­­­

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU