"O'zmilliybank" AJ mijozlari diqqatiga
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 apreldagi «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub'ektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5978-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Bank nazorati qo‘mitasining 2020 yil 7 apreldagi 213/1-sonli qarorida bank tizimida amalga oshiriladigan qo‘shimcha chora-tadbirlar bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘zmilliybank mijozlari (yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar) kredit bo‘yicha to‘lovlarni qaytarish yuzasidan imtiyozli davr berish xamda yakuniy to‘lovlar muddatlarini berilgan imtiyozli davrga mos ravishda uzaytirish (restrukturizasiya) masalasi yuzasidan:
- «Yashil» va «Sariq» hududlarda o‘z xizmat ko‘rsatuvchi filiallariga murojaat qilishlari mumkin;
- «Qizil» hududlarda ilovadagi elektron arizani chop etib, imzo hamda muhr bilan tasdiqlagan holda elektron namunasini qarzdorlarning kreditlari moliyalashtirilgan tegishli filiallarning elektron pochta manzillariga jo‘natishlari mumkin.