“O’zmilliybank” AJ mijozlari diqqatiga
25.06.2020
“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyati 2020 yilning 29 iyun kunidan boshlab, jismoniy shaxslarga taklif qilinuvchi muddatli va jamgʻarma omonatlar bo`yicha o`rnatilgan foiz stavkalariga oʻzgarishlar amalga kiritilishini hamda ular milliy valyutadagi omonatlar boʻyicha yillik 18% va AQSh dollaridagi omonatlar boʻyicha yillik 5% maksimal foiz stavkalarining oʻrnatilishini maʼlum qiladi.
Bunda avval jalb qilingan omonatlar boʻyicha foiz stavkalari ularning amal qilish muddatlari yakunlanguniga qadar saqlanib qoladi.