"O'zmilliybank" AJ Korporativ kodeksi
“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” Aksiyadorlik jamiyati tomonidan Korporativ boshqaruv kodeksi va Korporativ boshqaruv qoidalari yuzasidan tavsiyalarni o‘z faoliyatiga qabul qilganligi to‘g‘risida.
Xabar
“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” Aksiyadorlik jamiyati (“O‘zmilliybank” AJ) shuni ma'lum qiladiki, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining 11.07.2020 yildagi 3-sonli qarori bilan “O‘zmilliybank” AJ tomonidan 2020 yil “01” avgustdan boshlab Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yig‘ilishining:
-
2015 yil 31 dekabrdagi 9-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksiga rioya qilish;
-
2018 yil 27 apreldagi 24/1-989-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan Korporativ boshqaruv qoidalariga rioya qilish majburiyati qabul qilindi.
* Korporativ boshqaruv kodeksining qoidalari va tamoyillari ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 31.03.2015 yil PQ-2327-son qarori bilan tashkil etilgan Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi