“O‘zmilliybank” AJ korporativ boshqaruv tizimini baholash bo‘yicha tanlov e’lon qiladi
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasining 2015-yil 31-dekabrdagi 9-sonli majlis bayoni bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv Kodeksining tavsiyalariga rioya etish maqsadida, “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ korporativ boshqaruv tizimini baholash bo‘yicha mustaqil tashkilotni tanlash bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.
Mustaqil baholanadigan davr: 2023 yil - yillik baholash.
Tanlovda “O‘zmilliybank” AJning Korporativ boshqaruv kodeksida belgilangan tashkilotlar ishtirok etishi mumkin (https://nbu.uz/uz/to-shareholders-and-investors/korporativ-boshqaruv-kodeksi/).
Korporativ boshqaruv tizimini baholash bo‘yicha mustaqil tashkilotni tanlash “O‘zmilliybank” AJ Kuzatuv kengashi qarori bilan tanlov asosida amalga oshiriladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun litsenziya nusxasi, rahbar va mutaxassislarning amaldagi malaka sertifikatlari, tashkilot to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar hamda xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha moliyaviy taklifni 2024-yil 3-yanvarga qadar bankning quyidagi elektron pochta manzillariga taqdim etilishi lozim: ABahromov@nbu.uz, A_Xabibullaev@nbu.uz, info@nbu.uz, webmaster@nbu.uz.
Qo'shimcha ma'lumot uchun 78 147-71-86 telefon raqamiga murojaat qilish mumkin.
Aloqadagi shaxslar: Baxromov Alijon, Xabibullaev Akbar.