“O‘zmilliybank” AJ kichik va o‘rta biznes uchun tariflar shartlarini yangiladi
“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ tomonidan kichik va o‘rta biznes mijozlari uchun qulaylik yaratish maqsadida “Oqsaroy” va “Ark” tariflari shartlariga o‘zgartirishlar kiritildi.
Endilikda mijozlar o‘z biznesiga mos keladigan mahsulotlarni tanlash uchun 30 kunga tarif paketlarini xarid qilib, sinab ko‘rish imkoniyatiga ega.
Shuningdek, tajriba sifatida kichik va o‘rta biznes mijozlarini quyidagi kreditlash turlari bo‘yicha soddalashtirilgan amaliyot yo`lga qo‘yildi: avtokreditlar, overdraft, aylanma mablag`l va asosiy vositalarni to‘ldirish.
Asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:
• Taqdim etilgan hujjatlarning qisqartirilgan ro‘yxati;
• Arizalarni ko'rib chiqishning tezkorligi;
• Biznes-rejalar va tashqi baholash tashkilotlari hisobotlarini taqdim etishning extiyoji yo'qligi.
Ushbu loyiha amalga oshiradigan bo`linmalar:
- Toshkent shahrida:
Yunusobod, Olmazor, Bektemir, Uchtepa, Yashnobod, Bosh Amaliyot, Sebzor Amaliyot, Mirzo-Ulug‘bek Bank xizmatlari markazlari.
- Respublika bo`yicha:
Guliston Amaliyot, Andijon Amaliyot, Farg‘ona Amaliyot, Buxoro Amaliyot, G‘ijduvon, Denov, Qarshi Amaliyot, Samarqand Amaliyot, Xorazm Amaliyot, Nurafshon Amaliyot, Namangan Amaliyot, Nukus Amaliyot Bank xizmatlari markazlari.
Havola orqali o‘ting va “O‘zmilliybank” AJdan biznes uchun qulay xizmat shartlari bilan tanishing.