“O‘zmilliybank” AJ Bank-moliya akademiyasi rektori lavozimiga ishga taklif etadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 oktyabrdagi PQ-4503 sonli “Bank-moliya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarori ijrosini ta'minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida, “O‘zmilliybank” AJ akademiya rektori lavozimiga nomzodlarni ishga taklif etadi.
Tanlovda professor yoki dosent ilmiy unvoniga, fan nomzodi, falsafa doktori (PhD), fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek xorijiy mamlakatlarning tegishli mutaxassislik bo‘yicha ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega bo‘lgan shaxs ishtirok etishi mumkin.
Talablar:
- Zaruriy ish tajribasi: kamida 5 yil;
- Oliy moliyaviy/iqtisodiy ma'lumot;
- O‘zbekiston Respublikasining Qonunchiligini, bank-moliya faoliyatiga doir normativ hujjatlarni bilish;
- O‘zbek va rus tillarida erkin muloqot qila olishi (ingliz va boshqa xorijiy tillarni bilish);
- Yangiliklarni faol o‘zlashtirishi, jamoa bilan ishlash va bir maqsad sari yetaklay olish qobiliyatiga ega bo‘lish.
Nomzod uchun anketa bu yerda.