«O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» Aksiyadorlik Jamiyati aksiyadorlarning navbatdan tashiari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabar
Jamiyatning nomi: «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» aksiyadorlik jamiyati.
Joylashgan joyi: 100084, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 101-uy.
Elektron pochta manzili: webmaster@nbu.uz.
Umumiy yig‘ilish o‘tkazish sanasi va manzili: 2021 yil 07 yanvar', ertalab 9.30, Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 101-uy.
Aksiyadorlarining reestri shakllantiriladigan sana: 2021 yil 01 yanvar.
Kun tartibiga kiritilgan masalalar:
1. “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyatida bank Boshqaruvi faoliyati samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlarini (KPI) tasdiqlash to‘g‘risida.
2. “O‘zmilliybank” AJ aksiyadorlarining 27.02.2020 yildagi 2-sonli navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bayoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki" aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi a'zolariga ular o‘z vazifalarini bajarib turgan davr uchun haq to‘lash va (yoki) kuzatuv kengashining a'zosi vazifalarini bajarish bilan bog‘liq xarajatlar o‘rnini qoplash haqi va to‘lovlarning miqdorlarini belgilash to‘g‘risida”gi Nizomga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.