Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi yillik 9 foiz darajada saqlab qolindi
Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi yillik 9 foiz darajada saqlab qolindi |
26.01.2016 UzReport |
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasini yillik 9 foiz darajada saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ushbu qaror inflyatsiya darajasining joriy yil uchun o‘rnatilgan prognoz parametrlaridan hamda Monetar siyosatning 2016 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqib qabul qilindi. UzReport |