“Milliy” mobil ilovasidan aksiyasidan qimmatbaho sovg‘alar o‘yini o‘tkazilishi to‘g‘risida
Hurmatli mijozlar!
2022-yil 14-dekabr soat 11:00da “Milliy” mobil ilovasidan aksiyaning 1-bosqichi yakunlari bo‘yicha qimmatbaho sovg‘alar o‘yini bo‘lib o‘tishini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz. O‘yin g‘oliblari Random.org xizmatidan foydalangan holda, bankning Instagramdagi rasmiy sahifasida onlayn translyatsiya ko`rinishida aksiya ishtirokchilari o‘rtasida tasodifiy tanlash yo‘li bilan aniqlanadi.
Eslatib oʻtamiz, oʻyinda ishtirok etish uchun 2022-yil 5-dekabrdan 11-dekabrgacha boʻlgan davrda “Milliy” mobil ilovasida rekvizitlar boʻyicha oʻtkazma/toʻlov yoki 100 000 soʻm miqdorida turli xizmatlar uchun toʻlovni amalga oshirish zarur edi..
O‘yinning 10 nafar g‘olibi 1 000 000 so‘m mablag`ga ega xalqaro Mastercard Gold kartasi sohibiga aylanadi.
Ayni paytda aksiyaning 2-bosqichi ishtirokchisi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Unda ishtirok etish uchun 2022-yil 12-dekabrdan 18-dekabrgacha “Milliy” mobil ilovasida 100 000 so‘m miqdorida kommunal to‘lovni to‘lash kerak.
Aksiya haqida batafsil ma`lumotni https://nbu.uz/uz/nbu-promotion/milliy-sovg-alar-ulashmoqda/ havolasi orqali olishingiz mumkin.
Agar siz hali ham “Milliy”dan foydalanmasangiz, bizning ilovamizni Play Market yoki App Storedan yuklab oling.
Hammaga omad tilaymiz!