Milliy bank va Fransiyaning NATIXIS banki o`rtasida 500 mln. evrolik shartnomalar imzolandi
2018 yil 5 oktyabr kuni Parijda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga davlat tashrifi arafasida o`tkazilgan O`zbekiston-Frantsiya biznes-forumi doirasida O`zbekiston Milliy banki va NATIXIS banki 500 mln. evrolik kredit bitimlarini imzoladi.
Bitimlar eksport-kredit agentliklari kafolati ostida Fransiya va boshqa Evropa mamlakatlaridan yuqori texnologiyalar va xizmatlarni kichik biznes subyektlari va hususiy tadbirkorlarga etkazib berish bo`yicha investitsion loyihalarni moliyalashtirishni kengaytirishni nazarda tutadi.
Kelishuvlarga ko`ra, bitimlar doirasida eksportni moliyalashtiruvchi loyihalarni amalga oshirish hamda Evropa kapital bozoriga kirishda ko`mak berish hamda strategik loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlarni ajratishni ko`zda tutilgan.
NATIXIS banki bilan hamkorlikning yo`lga qo`yilishi ikki davlat o`rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlar rivojlanishiga omil bo`ladi, shuningdek, maqbul shartlarda uzoq muddatli kredit resurslarini jalb ehtish va O`zbekistonda biznes qilish uchun yangi investitsion imkoniyatlarni yaratadi.
NATIXIS (Natiksis) – Fransiyaning eng yirik korporativ va investitsiya banklaridan biri bo`lib, BPCE Group tarkibiga kiradi hamda mamlakatda kattaligi jihatidan to`rtinchi o`rinda turadi.