Milliy bank Fransiyaning “Kredit Agrikol” banki bilan 300 mln. evrolik shartnoma imzoladi
2018 yil 5 oktyabr kuni Parijda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga davlat tashrifi arafasida o`tkazilgan O`zbekiston-Fransiya biznes-forumi doirasida O`zbekiston Milliy bank Fransiyaning “Kredit Agrikol” banki bilan 300 mln. evrolik shartnoma imzoladi.
Shartnoma eksport kredit agentliklari sug`urta qoplamasi ostida frantsuz bankining kredit liniyasi hisobidan O`zbekistondagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni nazarda tutadi. Crédit Agricole S.A. Fransiya va boshqa Evropa mamlakatlaridan uskunalar va texnologiyalarni etkazib berish bo`yicha savdoni moliyalashtirish bo`yicha xizmatlarni taklif qilishga tayyor.
Milliy bank tomonidan imzolangan kredit shartnomasi yangi sarmoya bozorlaridan fojdalanish imkoniyatini ochib beradi, bu uzoq muddatli kredit resurslarini yanada qulayroq sharoitlarda jalb ehtish imkonini beradi.
Crédit Agricole S.A. bilan hamkorlik faqat kredit resurslarini jalb qilish bilan chegaralanib qolmasdan, shuningdek, o`zbek tadbirkorlariga fransuz biznesi bilan aloqalarni yo`lga qo`yish bo`yicha konsalting xizmatlarini taqdim ehtadi.
Crédit Agricole S.A. bankining kredit liniyasi davlat kafolatisiz jalb ehtilishi xalqaro moliya institutlarining O`zbekiston va uning bank muassasalariga ishonchi ortib borayotganidan dalolat beradi.
Crédit Agricole Corporate and Investment Bank S.A (“Kredit Agrikol' Korporativ va Investiciya Banki” AJ) Fransiya va Evropa bank xizmatlari bozorida etakchi bo`lib, dunyoning 50 ta mamlakatida 52 milliondan ortiq mijozlarga xizmat ko`rsatadi. "Global Finance" nashrining baholashicha, Crédit Agricole guruhi aktivlari 1,82 trln. evro bo`lib, dunyoning eng yirik 50 banki orasida 13-o`rinni egallaydi.