Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
Milliy bank balansiga berilgan 'NAMANGAN TO'QIMACH...

Milliy bank balansiga berilgan 'NAMANGAN TO'QIMACHI' korxonasi 2014 yilda 20 mlrd. so'mlik mahsulot ishlab chiqardi

12.07.2015

"NAMANGAN TO'QIMACHI" MCHJ Ishlab chiqarish bo'yicha direktor o'rinbosari Ramazon Rajabov “UzReport” AA muxbiriga bergan intervyusida shunday dedi:

– Korxonaga Shvetsariyaning  Rieter,  Germaniyaning Trutschler va Schlafhorst, Yaponiyaning Toyota kompaniyalarida ishlab chiqarilgan ip yigiruv texnologiyasining uskunalari o'rnatilgan. 2014 yilda ushbu uskunalardan foydalangan holda 20 mlrd so'mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Ishlab chiqarilgan mahsulotning 80-85 % eksport qilindi. Joriy yilning o'tgan 6 oyi mobaynida 9,3 mlrd. so'mlik ip kalava ishlab chiqarildi va 2,6 mln. AQSH dollari miqdorida eksport amalga oshirildi. Xozirgi kunda korxonamizda 500 dan ortiq yigit qizlar mehnat qilishmoqda. Ularning 30 %ini kollej bitiruvchilari tashkil etadi .

Moliyalashtirilgan bir qancha loyihalarni amalga oshirish natijalari O'zmilliybank yuritayotgan investitsiya siyosatining samaradorligini tasdiqlamoqda. O'tgan davr mobaynida bank o'zining butun sa'y-harakatlarini ishlab turgan korxonalarni rekonstruksiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash hamda yangi quvvatlarni ishga tushirish loyihalarini moliyalashtirgan bo'lsa, bugunga kelib, texnologik jihatdan yangilanib, faoliyati bank investitsiyalari hisobiga tiklangan korxonalar, tabiiyki, yangi investorlarning e'tiborini jalb qilmoqda.

"NAMANGAN TO'QIMACHI" MCHJ direktori Ilhom Sattorov “UzReport” AA muxbiriga bergan intervyusida shunday dedi:

– Korxonaga qisqa muddat ichida Milliy bank va «NBU Investment» kompaniyasi tomonidan 1 mlrd 200 mln so'm investitsiya mablag' ajratildi. Kiritilgan investitsiya korxonamizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarimizni jahon andozalariga mos ravishda sifatini yaxshilashga, hajmini oshirishga katta yordam berdi. Buning natijasida mahsulotimiz jahon bozorida o'z o'rnini topdi. 2014 yilda 20 mlrd. so'mlik mahsulot ishlab chiqardik. Joriy yilda bu ko'rsatkichni 24 mlrd.ga yetkazish rejamiz bor. 

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU