Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
Mamlakatning tashqi savdo aylanmasi 8,0 foizga o's...

Mamlakatning tashqi savdo aylanmasi 8,0 foizga o'sdi

21.04.2014

     O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan mamlakatning 2014 yil yanvar-martdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari bo‘yicha ma‘lumotlar tayyorlandi.
     Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 2014 yil yanvar-mart oylarida YaIM o‘sishi 2013 yilning shu davriga nisbatan 7,5 foizni tashkil qildi. Ishlab chiqarilgan YaIM ning 41 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushiga to’g’ri keldi.
     2014 yil yanvar-mart yakunlari bo‘yicha, boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘sish sur'atlarida sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi – 108,9 foiz, iste’mol tovarlarni ishlab chiqarish – 112,8 foizni tashkil qildi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsuloti – 106,2 foiz, asosiy kapitalga investitsiyalar – 110,1 foiz (AQSh dollari ekvivalentida – 112,4 foiz), qurilish ishlari – 115,5 foiz, chakana tovar aylanmasi – 114,3 foiz hamda  aholiga pullik xizmat ko’rsatish – 109,1 foiz va bozor xizmatlari – 111,8 foizga yetdi.
     Hisobot davrida mamlakatning tashqi savdo aylanmasi 8,0 foizga, shu jumladan eksport hajmi – 8,4 foizga, import hajmi esa – 7,5 foizga o‘sdi. Bu haqida Davlat statistika qo‘mitasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

UzReport 21.04.2014
 

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU