Koreya Eksimbanki Prezidenti ishtirokida moliya sohasi mutaxassislari uchun seminar o'tkzaildi
Mamlakatimizda mehmon bo'lib turgan Koreya Respublikasi Eksport-import banki prezidenti Li Duk Xun O'zbekiston banklar assotsiatsiyasida tashkil etilgan uchrashuvda ishtirok etdi. “Eksimbank”ning Koreya iqtisodiy rivojlanishidagi roli va uning O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga qo'shayotgan hissasi” mavzuidagi uchrashuv-seminarda O'zbekiston Moliya vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari va nobank kredit tashkilotlari rahbarlari, tijorat banklarining investitsiyalarii jalb qilish va ulardan foydalanish masalalarida ixtisoslashgan departamentlari ma'sul xodimlari ishtirok etdi.
Koreya Eksport-import banki Prezidenti Janubiy Koreya iqtisodiyotining rivojlanishi, mamlakatning jahon ishlab chiqarishidagi yutuqlari, shuningdek Koreyaning taraqqiy etishida Eksimbank hissasi va boy tajribasi bilan o'rtoqlashdi. Bundan tashqari, uchrashuvda Koreya eksport-import bankining O'zbekiston iqtisodiyoti va uning bank sohasi rivojiga qo'shayotgan hissasi ham alohida ta'kidlab o'tildi.
-Koreya Respublikasi uchun Surgil kabi loyihalar muhim ahamiyatga ega, deydi. “Eksimbank” ning iqtisodiy tadqiqotlar instituti ilmiy xodimi Jo Yang-Kvan. - Bizda neft va gaz ishlab chiqarilmaydi. Lekin Janubiy Koreyada neft va gaz sanoati uchun zarur bo'lgan zamonaviy texnikalar bor. Aynan bu borada Koreya O'zbekiston bilan hamkorlik qilishi mumkin. “Eksimbank” esa mazkur sohadagi yirik loyihalarni moliyalashtiradi. Bu loyihalar O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ochiq muloqot va fikr almashinuv ruhida o'tgan tadbirda mehmon o'zbekistonlik bank mutaxassislari tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javob berdi. Unda ta’kidlaganidek, mazkur uchrashuv ikki mamlakat bank tizimlari o'rtasidagi samarali va istiqboli munosabatlarning rivojlanishi, tomonlar o'rtasida o'zaro ishonchning yanada mustahkamlanishi, shuningdek jalb etiladigan investitsiya hajmining o'sishi va mamlakatimiz banklari faoliyat samaradorligining oshishiga xizmat qiladi.
UzReport