Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
Ishbilarmonlik markazi – aholi xizmatida

Ishbilarmonlik markazi – aholi xizmatida

17.04.2024


Bugun mamlakatimizda kichik biznеs va tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan kеng ko‘lamli islohotlar aholining ish bilan bandligini ta’minlanishi bilan bir qatorda, iqtisodiy farovonlikning muhim mеzoniga aylanmoqda.


Ayniqsa, bu borada hududlarda ishbilarmonlik muhitini kеng targ‘ib qilish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash moliya muassasalari qatori, banklar zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklamoqda. Ya’ni, yurtdoshlarimizning biznеs g‘oyalarini amalga oshirish borasidagi bilimlarini mustahkamlab, ilg‘or tashabbuslarni hayotga tatbiq etishida faol ishtirok etmoqda.  


Xususan, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida “O‘zmilliybank” AJ, “Asakabank” AJ va “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan “Ishbilarmonlik markazi” qurib foydalanishga topshirildi. Ma’lumot uchun, markazda  24  ta ish o‘rni yaratiladi.

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahri infratuzilma jihatidan tadbirkorlik borasida jozibadorlikka ega hudud sifatida o‘ziga xos ahamiyatga ega. Shu bois mazkur markazda o‘z biznеsini tashkil etish va rivojlantirish niyatidagi yoshlar, fuqarolar zamonaviy tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘rgatilib, chеt tillari va  iqtisodiy bilimlarga o‘qitib boriladi. Shuningdеk, biznеs vakillari ushbu muassasada joylashgan bank, sug‘urta, notarius, baholash kabi xizmatlardan foydalanishlari mumkin.  


Bino jami 4 qavatdan iborat bo‘lib, aholini tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish va hisobchilarni o‘qitish xonalari, kompyutеr savodxonligi, ingliz tili kurslari tashkil qilingan. Markazda jami 60 o‘rinli 4 ta o‘quv xonasi, 1 ta 50 o‘rinli anjumanlar zali ham mavjud.


– Yigirma yildan buyon tadbirkorlik bilan shug‘ullanaman. Lеkin bunaqa markazlar endi ochilayotgani to‘g‘risi, biz tadbirkorlar uchun ayni muddao bo‘ldi, – dеydi Baxtiyor Salohiddinov. – Sababi xususiy klinika ochish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish uchun oylab ovora bo‘lganman. Sug‘urta qilish uchun Ishtixon tumaniga borishga to‘g‘ri kеlgan. Hatto Kattaqo‘rg‘onda ham sug‘urta va baholash markazlari bo‘lmagan. Endi esa bitta markazning o‘zida bu tashkilotlardan tashqari bank xizmatlarining ham yo‘lga qo‘yilganligi ishbilarmon uchun juda qulay.


Bir so‘z bilan aytganda, Kattaqo‘rg‘onda ish boshlagan “Ishbilarmonlik markazi” hududda yangi-yangi loyihalar hamda ularning ro‘yobga chiqishi uchun zarur imkoniyat. Qolavеrsa, bu hududning iqtisodiy infratuzilmasi yanada yaxshilanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Ишбилармонлик маркази – аҳоли хизматида (uza.uz)

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Kerakli bo'shlikni tanlang

Kartani blokdan chiqarish uchun karta ochilgan filialga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat etishingiz lozim.

Uzcard kartasi sms xabarnomasi bankomat orqali yoqish mumkun. Humo kartasining sms xabarnomasi karta ochilgan filial orqali yoqiladi.

Milliy va xorijiy valyutadagi barcha kartalarga Milliy ilova yordamida masofadan turib buyurtma berishingiz mumkin.

Agar Siz kartangizning PIN-kodini unutgan bo’lsangiz karta ochilgan bank filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz lozim.

Kartangiz (UzCard/HUMO) yo’qolganda bankning “Milliy” ilovasi orqali o’zingiz bloklashingiz yoki bankning (78) 148- 00 10 raqamiga qo’ng’iroq qilib operatorlardan kartani bloklashini so’rashingiz mumkin.

Identifikatsiya qilish jarayoni masofadan turib, bevosita Milliy ilovasining o‘zida amalga oshiriladi. Buning uchun ilovaning asosiy ekranida yuqori chap burchakdagi belgini bosing va menyudan "Identifikatsiya" opsiyasini tanlang va uning barcha bosqichlaridan o'ting.

Milliy ilovada ro’yhatdan o’tgan raqamni o’zgartirish uchun o’zingizga qulay bo’lgan O’zmilliybank filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz mumkin.

Elektron hamyon- pul mablag’larni saqlash, shuningdek, hisobiga yoki bank kartasiga ilova orqali pul o’tkazish imkonini beruvchi tizim.

Parolni tiklash orqali “maxfiy savolga javob”ni kiritasiz.

Milliy bankda hozirda “Western Union”, “MoneyGram”, “Золотая Корона”, “Asia Express”, “Contact”, “Swift” xalqaro pul o’tkazmalari mavjud.

Milliy mobil ilovasi foydalanuvchilari Rossiyadan pul o‘tkazmalarni "Sberbank onlayn" servisi yordamida milliy valyutadagi elektron hamyonga, Milliy bankning UzCard yoki HUMO kartasiga olishi mumkin.

O‘tkazma rublda amalga oshiriladi- elektron hamyonga yoki kartaga kelib tushishida u avtomatik tarzda so‘mga konvertatsiya qilinadi. Qo’shimcha komissiyalar undirilmaydi.

Visa Direct - “Milliy” mobil ilovasi orqali dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlariga, shu jumladan O'zbekiston banklarining Visa kartalariga mablag' yuborish xizmati hisoblanadi.

shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat

o’tkazma nazorat raqami

jo’natuvchining ism Sharifi

jo’natuvchining mamlakati

kutilayotgan pul miqdori

NBFAUZ2X

O'zmilliybank omonatlarini “Milliy” ilova orqali masofadan ochish, to’ldirish va mustaqil monitoring qilish imkoniyatlarii mavjud.

Omonatingizni tasarruf etish huquqini uchinchi shaxsga berish uchun Notarial idora orqali tasdiqlangan ishonchnoma bo’lishi lozim.

Omonatingizni tasarruf etish huquqini uchinchi shaxsga berish uchun Notarial idora orqali tasdiqlangan ishonchnoma bo’lishi lozim.

Yo’q. Onlayn omonat ilova orqali yopiladi.

Ularda pul mablag’lari uchun qat’iy belgilangan muddat mavjud emas va omonatchi istalgan vaqtda o’z mablag’larini olishi mumkin.

- Ta’sischi, direktor, bosh buxgalter pasporti;

- Direktorni tayinlash to‘g‘risida buyruq;

- Guvohnoma (Sertifikat);

- Ta’sischilarning qarori;

- Litsenziyalar;

- Garov kadastri/texnik pasporti;

- Garovnning fotosuratlari;

- Yetkazib beruvchi bilan shartnoma;

- Ijara kelishuvi/biznes yuritilayotgan

faoliyat manziliga mulkchilik huquqlari to‘g‘risida guvohnoma nusxasi;

Mazkur ro‘yxat kreditlash masalasini ko‘rib chiqish uchun yakuniy hisoblanmaydi, va Bank xodimlari ko‘rib chiqilayotgan loyihaga taalluqli boshqa ma’lumotlarni va hujjatlarni so‘rab olishi mumkin.

Arizani ko'rib chiqish muddati taqdim etilgan hujjatlarning to‘laligiga bog‘liq holda 1 kundan 3 kungacha egallaydi.

Kredit uchun ta’minotlarning har xil turlari, jumladan, ko‘chmas mulk, avtotransport garovi, hamda jismoniy yoki yuridik shaxslarning kafolatlari qabul qilinadi.

Jarima sanksiyalarisiz kreditni muddatidan oldin so'ndirish imkoni mavjud.

Ariza berish paytida korxonani ro'yxatdan o'tkazish muddati 6 oydan ortiq bo'lishi kerak.

Kredit bo‘yicha asosiy foizdan tashqari, garovni sug‘urtalash va uni rasmiylashtirishga xarajatlar yuzaga kelishi mumkin. Biroq, yashirin xarajatlar ko‘zda tutilmagan

- Kompaniyaning ta'sis hujjatlari (ustav, ro'yxatdan o'tish to'g'risidagi guvohnoma)
- Kompaniya vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar
- Sotib olinayotgan avtomobil uchun shartnoma
- Garov mulkiga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (agar garov talab etilsa)

- Professional maslahat va qo'llab-quvvatlash: Mutaxassislar rasmiylashtirishning barcha bosqichlarida professional maslahat va yordam ko'rsatishga tayyor va mijozlarga taklif etilayotgan kredit mahsulotlaridan maksimal darajada foydalanishga yordam beradi.
- Kreditning maqbul muddati va miqdorini tanlash imkoniyati.
- Rasmiylashtirishning soddaligi: Hujjatlarga minimal talablar va arizalarni ko'rib chiqishning tezkor jarayoni.
- Biznesni qo'llab-quvvatlash: Avtoparkni yangilashga yordam beradigan moliyalashtirish

Milliy bank arizalarni ko'rib chiqishning tez va samarali jarayonini ta'minlashga intiladi. Yuridik shaxslar uchun avtokredit olishga arizani ko'rib chiqishning o'rtacha muddati 3 dan 5 ish kunigacha

Garov sotib olinayotgan yangi avtomobil bo'lishi mumkin

Rasmiy dilerlardan yangi avtomobillarni sotib olish imkoniyati

Arizani ko'rib chiqish muddati taqdim etilgan hujjatlarning to‘laligiga bog‘liq holda 1 kundan 3 kungacha egallaydi.

Kredit uchun ta’minotlarning har xil turlari, jumladan, ko‘chmas mulk, avtotransport garovi, hamda jismoniy yoki yuridik shaxslarning kafolatlari qabul qilinadi.

Jarima sanksiyalarisiz kreditni muddatidan oldin so'ndirish imkoni mavjud.

Ariza berish paytida korxonani ro'yxatdan o'tkazish muddati 6 oydan ortiq bo'lishi kerak.

Kredit bo‘yicha asosiy foizdan tashqari, garovni sug‘urtalash va uni rasmiylashtirishga xarajatlar yuzaga kelishi mumkin.  Biroq, yashirin xarajatlar ko‘zda tutilmagan

- Ta’sischi, direktor, bosh buxgalter pasporti;
- Direktorni tayinlash to‘g‘risida buyruq;
- Guvohnoma (Sertifikat);
- Ta’sischilarning qarori;
- Litsenziyalar;
- Garov kadastri/texnik pasporti;
- Garovnning fotosuratlari; 
- Yetkazib beruvchi bilan shartnoma;
- Ijara kelishuvi/biznes yuritilayotgan
faoliyat manziliga mulkchilik huquqlari to‘g‘risida guvohnoma nusxasi;

Mazkur ro‘yxat kreditlash masalasini ko‘rib chiqish uchun yakuniy hisoblanmaydi, va Bank xodimlari ko‘rib chiqilayotgan loyihaga taalluqli boshqa ma’lumotlarni va hujjatlarni so‘rab olishi mumkin.