Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
Iqtisodiy nochor korxonalarni sog'lomlashtirish TI...

Iqtisodiy nochor korxonalarni sog'lomlashtirish TIF Milliy banki faoliyatining ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lib qolmoqda

16.09.2015

Bir necha yillardan beri O'zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 19-noyabrdagi "Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish tartibini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmoyishiga muvofiq, bank balansiga qabul qilingan iqtisodiy nochor korxonalar negizida tashkil etilgan sho'ba korxonalar faoliyatini yo'lga qo'yish bo'yicha muayyan ishlarni amalga oshirib kelmoqda.  Xususan,  bank korxonalarga investitsiya kiritish yo'li bilan ishlab chiqarishni qayta tiklash, ularni  texnik va texnologik modernizatsiyalashga e'tibor qaratib, sifatli bank xizmatlarini taklif etib kelmoqda.

Iqtisodiy nochor korxonalarga "NBU Invest Group  va  NBU Investment” kompaniyasi tomonidan investitsiyalar ajratilib kelinmoqda.  Ushbu kompaniya faoliyati iqtisodiy qiyinchiliklarga uchrab, bank balansiga qabul qilingan yangi korxonalarni boshqarishga yo'naltirilgan.

"NBU Invest Group  va  NBU Investment” kompaniyasi tasarrufidagi mas'uliyati cheklangan  jamiyatlardan biri Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Shohruh ko'chasida qad rostlagan      4-yulduzli "Registon Plaza" mehmonxonasidir. Mehmonxona 213 kishiga mo'ljallangan 165 ta xonadan iborat. Unda mehmonlar yaxshi dam olishlari uchun 24 soat davomida yuqori sifatli xizmatlar ko'rsatiladi.

-  Bu mehmonxonada 6 kundan beri turibman va bu yerda o'zimni juda qulay his qilyapman, deydi - germaniyalik mehmon Briget  Elingxaus. – Avvalo, mehmonxona  shahar markazida,  tarixiy obidalarga yaqin yerda joylashgan.   Mehmonxonadan piyoda yurib, ularni tomosha qilishimiz mumkin.  Qolaversa,  mehmonxonaning   ishchi - xizmatchilari  juda mehmondo'st.  Yana bir muhim jihati, bu yerda  hech qanday muammosiz internetga ulanishingiz mumkin.    

Darhaqiqat, "Registon Plaza"ga tashrif buyuruvchilar bo'sh vaqtlarini unumli o'tkazishlari uchun shahar bo'ylab mehmonxona tomonidan buyurtirilgan transport vositasi orqali sayohat qilishlari, xonalaridagi bepul Internet, Wi-Fi  xizmatidan foydalanishlari mumkin.

-“Registon Plaza” mehmonxona xo'jaligi va turizm bozorida  ishlab kelayotganiga 10 yildan  oshdi , deydi- “Registon Plaza” MCHJ direktori Azamat Eshonqulov. Mehmonxonamiz  Samarqand viloyatidagi eng yirik  kompleks hisoblanadi. U 2003-yildan 2010-yilgacha  “O'zbektuzizm”  MK  tasarrufida faoliyat yuritgan bo'lsa,  2010-yildan   Milliy bank balansiga o'tkazilgan.  Mehmonxona  "NBU Invest Group  va  NBU Investment” boshaquruviga o'tgandan so'ng,  uning faoliyati tamomila  xalqaro  standartlar asosida, 4 yulduzli mehmonxona talablari bo'yicha yo'lga qo'yildi. Mehmonxonada  yuzdan ziyod ishchi xizmatchilar  mehnat qiladi.

Bu yerda  mehmonlarga  oddiy  nomerlar qatori, lyuks xonalar,  xashamatli   apartamentlar taklif etiladi. Bunday xonalar ayniqsa, oilaviy  turistlar uchun juda  qulay.  Shuningdek,  “Registon Plaza”da 2 ta, ya'ni yopiq va ochiq  restoran, basseyn, fitnes markazi  bor.  Asosiysi,    bu yerga kelgan mehmon o'zini uydagidek his qilishi  uchun barcha qulayliklar yaratib beriladi. 

Milliy bank  tomonidan "Registon Plaza" kabi  korxonalarni  sog'lomlashtirish va qo'llab-quvvatlash borasida ko'rilayotgan chora-tadbirlar iqtisodiyotning tashqi ta'sirlarga nisbatan barqarorligini ta'minlash imkonini berish bilan bir qatorda iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi, eksport hajmining  oshirilishi, yangi ish o'rinlarining   tashkil etilishi  uchun  sharoit yaratmoqda.  Demak, bugungi kun uchun dolzab bo'lgan  bankrot korxonalarni sog'lomlashtirishdek vazifa kelgusida ham Milliy bank faoliyatining ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lib qoladi.

 

UzReport

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU