Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
Investorlarning huquq va majburiyatlari yanada ani...

Investorlarning huquq va majburiyatlari yanada aniqlashtirildi

14.12.2014

Shu yilning 9 dekabr kuni  davlatimiz rahbari tomonidan  “Investitsiya faoliyati to'g'risida”gi yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi  Qonuniga imzo chekildi va hujjat  10 dekabr kuni  kuchga kirdi.    Huquqiy hujjatga itnvestitsiyaviy majburiyatlar kabi bir qator   yangi tushunchalar kiritilgan.  Avvalgi eskirib qolgan normalar esa   zamonaviy sarmoyaviy  jarayonlarga moslashtirildi.    

Hujjatda  “investitsiyaviy  loyiha” tushunchasiga aniq  ta'rif berilib, uni amalga oshirish jarayonlari  belgilab berildi.

Qonunga qo'shilgan yangi  normaga muvofiq, sarmoyadorlar  investitsion faoliyatdan olingan  daromadlaridan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni amalga oshirgandan so'ng,  mustaqil va erkin foydalanish huquqiga ega.  Shuningdek,  uning  investitsiyasi yoki boshqa aktivlari  noqonuniy harakatlar asosida    yoki   davlat va mahalliy  boshqaruv  organlar, mansabdor shaxslar qaror bilan  rekvizitsiya   qilinsa, ya'ni  mol-mulk  qiymatini to'lash sharti bilan, majburiy ravishda davlat ixtiyoriga olinsa,  u holda investor  ko'rgan zarar o'rni  qoplanishi nazarda tutilgan.

Investitsion faoliyat ishtirokchilarining majburiyatlari qatoriga  mablag'lardan  maqsadli foydalanish  majburiyati kiritildi.

Qonunda shuningdek,  investitsion faoliyatni rag'batlantirishning  huquqiy asoslari ham o'z aksini topdi.  Unga ko'ra,  davlat  ushbu faoliyat uchun qulay sarmoyaviy muhit yaratish, investorlarning qonuniy  huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga  soliq va boj imtiyozlari berish,  erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish,  xalqaro kelishuvlarni  imzolash kabilarni o'z  zimmasiga oladi.  Hujjatda   har bir alohida holat,  faoliyat turi va investitsiya hajmiga qarab preferensiyalarning muddatlari ham ko'rsatib  o'tilgan. Bundan tashqari,   qonunda  markazlashmagan investitsiyalar, sarmoyadorning shaxsiy mablag'lariga aniq ta'rif burilgan.    Bunga   banklar kreditlari, shu bilan birga O'zbekiston hukumati kafolati ostida olinmagan xorijiy banklar  kreditlari, to'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalar  kiradi. Markazlashmagan sarmoyalar qonunga hilof bo'lmagan boshqa manbaalar orqali ham  amalga oshirilishi mumkin.  Ular investor tomonidan mustaqil boshqariladi.

Qonunda belgilanganidek,  O'zbekistonning investitsiyaviy  dasturi  Prezident tomonidan tasdiqlanadi.  Avval ushbu dastur Vazirlar Mahkamasi tasdig'idan o'tgan.

 

 

 

 

UzReport

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU