Hurmatli “O‘zmilliybank” AJ mijozlari
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martdagi PQ-3620-sonli “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Qarori ijrosini ta`minlash hamda Bank filiallarida operatsion xarajatlarni maqbullashtirish maqsadida, Bankning quyidagi filiallari faoliyati viloyat filiallari bilan birlashtirilmoqda:
№ |
FILIALLAR NOMI |
VILOYAT FILIALLARI NOMI |
1. |
Nurobod filiali |
Samarqand viloyat filiali |
2. |
G‘uzor filiali |
Qashqadaryo viloyat filiali |
3. |
Muborak filiali |
Qashqadaryo viloyat filiali |
4. |
Yangiariq filiali |
Xorazm viloyat filiali |
5. |
G‘azalkеnt filiali |
Toshkеnt viloyat filiali |
Filiallar joylashgan hududlarda mavjud mijozlar va aholiga bank xizmat turlarini ko‘rsatishni davom ettirish maqsadida zamonaviy va barcha qulayliklarga ega bo‘lgan “Bank xizmatlari markazlari” tashkil etiladi.
Batafsil ma`lumot uchun: (+99878) 148-00-10.