Hurmatli "O‘zmilliybank" AJ mijozlari
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-martdagi PQ-3620-sonli “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Qarori hamda Bank Boshqaruvining 2023-yil 24-martdagi Qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Bankning Andijon (00074), Farg‘ona (00493) va Namangan (00222) viloyatlari, Asaka (00893), Marhamat (00955), Quva (00886), Qo‘qon (00545), Beshariq (00885), Rishton (00946), Uychi (00877), Chortoq (00932), Uchqo‘rg‘on (00881) filiallari Yagona Bank kodi (00450)ga transformatsiya qilinayotganligini ma’lum qilamiz.
Kelgusida mazkur filiallar negizida bank xizmatlari markazi tashkil etilib, aholi va mijozlarga zamonaviy bank xizmatlarini ko’rsatish davom ettiriladi.