Hurmatli "O‘zmilliybank" AJ mijozlari
24.01.2023
Hurmatli mijozlarimiz
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari 2023-yil 1-yanvardan boshlab kriptoaktivlarni sotib olish, sotish va (yoki) ayirboshlash bo‘yicha operatsiyalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat milliy provayderlar orqali amalga oshirishlari mumkin.
Shu munosabat bilan, "Oʻzmilliybank" AJ O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq boʻlmagan amaliyotlar, shu jumladan, kriptoaktivlarni sotish, sotib olish va ayirboshlash bilan bog‘liq bo‘lgan xalqaro to‘lov tizimlari kartalari bo‘yicha operatsiyalarga cheklovlarni joriy etdi.