Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
Hamkorlik konsepsiyasi bo'yicha maslahatlashuvlar ...

Hamkorlik konsepsiyasi bo'yicha maslahatlashuvlar o'tkazilmoqda

25.10.2015

Ayni paytda  O'zbekiston va Butunjahon  banki guruhi o'rtasida 2016-2020 moliya yillariga mo'ljallangan hamkorlik konsepsiyasi  tayyorlanmoqda.  Mazkur xalqaro tashkilotning  Toshkentdagi vakolatxonasida ushbu konsepsiyani ishlab chiqish bo'yicha maslahatlashuvlar bo'lib o'tdi.  

Ta'kidlanishicha,   hamkorlik konsepsiyasi  O'zbekiston iqtisodiyoti  tarmoqlarining har tomonlama  tahlili, shuningdek,  mamlakat taraqqiyotining  uzoq muddatli ustuvor yo'nalishlari va  o'rta hamda qisqa muddatli  ehtiyojlari  asosida ishlab chiqiladi.

O'zbekiston bilan Butunjahon banki o'rtasida   hamkorlik strategiyasi birinchi marta   amalga oshirilayotgani yo'q.  Bundan avvlagi strategiya 2012-2015 moliya yillarini qamrab  olgan va  u  muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.  Unga ko'ra,  iqtisodiyotning  qishloq xo'jaligi, suv resurslari,  suv ta'minoti, energetika, transport, sog'liqni saqlash va ta'lim kabi sohalarda   12 ta investitsion loyihani  moliyalashtirish uchun Butunjahon banki guruhi tomonidan   1,5 mlrd. dollardan ziyod mablag'lar ajratilgan.  

Ta'kidlanishicha,  konsepsiya vazifalari O'zbekistonning  milliy ustuvorliklariga  qarab  aniqlanadi. Raqobatni oshirish, sanoat tarmoqlarini  modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, shuningdek  xususiy sektor va korporativ boshqaruvni  rivojlantirish kabilar  mamlakatimizning eng muhim ustuvorliklaridan sanaladi.

2016-2020 moliyaviy   yillarga  mo'ljallangan yangi dasturga  o'tgan yillarga nisbatan ko'p mablag'lar ajratish nazarda  tutilgan  Moliya paketi qiymati esa 3,5   dan  4 mlrd. dollargachani tashkil qiladi. 

Hamkorlik  strategiyasi  nafaqat moliyalash,   shuningdek, texnik ko'mak,  iqtisodiy va sohaviy  tadqiqotlarni ham ko'zda tutadi.  Unga ko'ra, O'zbekiston hukumati bilan birgalikda   tahliliy va konsultativ dasturlar amalga  oshiriladi. Maslahatlashuv sentyabr oyida boshlandi.    Bundan tashqari,   oktyabr boshidan buyon onlayn maslahatlashuvlar ham  o'tkazilmoqda.   Istagan kishi 3 noyabrga qadar  Butunjahon bankining O'zbekistondagi  vakolatxonasi elektron  manziliga konsepsiya bo'yicha takliflarini   yuborishi mumkin.

 

UzReport

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU