Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
“Foydaliy Milliy” aksiyasining 3-bosqichi yakunlar...

“Foydaliy Milliy” aksiyasining 3-bosqichi yakunlari bo‘yicha qimmatbaho sovg‘alar o‘yini o‘tkazilishi to‘g‘risida

27.12.2022

Hurmatli mijozlar!

2022-yil 28-dekabr soat 11:00da “Milliy” mobil ilovasidan aksiyaning 3-bosqichi yakunlari bo‘yicha qimmatbaho sovg‘alar o‘yini bo‘lib o‘tishini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz. O‘yin g‘oliblari Random.org xizmatidan foydalangan holda, bankning Instagramdagi rasmiy sahifasida onlayn translyatsiya ko`rinishida aksiya ishtirokchilari o‘rtasida tasodifiy tanlash yo‘li bilan aniqlanadi.

Eslatib oʻtamiz, oʻyinda ishtirok etish uchun 2022-yil 19-dekabrdan 25-dekabrgacha boʻlgan davrda “Milliy” mobil ilovasida Visa Direct yoki Mastercard Send xizmatidan foydalangan holda boshqa bankning kartasiga 50 AQSh dollari va undan ortiq miqdorda pul o‘tkazmasini amalga oshirish zarur edi.

O‘yinning 10 nafar g‘olibi 1 000 000 so‘m mablag`ga ega xalqaro Mastercard Gold kartasi sohibiga aylanadi.

Ayni paytda aksiyaning 4-bosqichi ishtirokchisi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Unda ishtirok etish uchun 2023-yil 1-yanvarigacha “Milliy” mobil ilovasida milliy valutada boshlang‘ich miqdori 5 000 000 so‘m bo‘lgan (“Hamma uchun”, “Foydali”, “Sarmoya”, “Mustaqillik 27”) onlayn omonat ochish lozim. O‘yin o‘tkazilish vaqtida omonat faol bo‘lishi kеrak.

Aksiya haqida batafsil ma`lumotni https://nbu.uz/uz/nbu-promotion/milliy-sovg-alar-ulashmoqda/ havolasi orqali olishingiz mumkin.

Agar siz hali ham “Milliy”dan foydalanmasangiz, bizning ilovamizni Play Market yoki App Storedan yuklab oling.

Hammaga omad tilaymiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU