Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
Eng namunali yosh oilalar aniqlandi

Eng namunali yosh oilalar aniqlandi

14.05.2012

      “Turkiston” saroyida “Eng namunali yosh oila” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Mustahkam oila yili hamda 15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan o‘tkazilgan mazkur tanlov Toshkent shahar hokimligi, shahar xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining shahar bo‘limi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi.
     Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari, shahar xotin-qizlar qo‘mitasi raisi F.Abdurahimova va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida xalqimizni kuchli ijtimoiy himoyalash, uning farovonligini muttasil oshirib borish, milliy an’ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylash, barkamol avlodni voyaga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar o‘zining yuksak samaralarini berayotganini ta’kidladi. Bu esa oilalarni mustahkamlash, har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, oila, onalik va bolalik manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlarning yanada keng quloch yoyishida muhim omil bo‘lmoqda.
     “Mustahkam oila yili” Davlat dasturi doirasida Toshkent shahar hokimligi, xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondining shahar bo‘limi tomonidan oilaning jamiyatdagi mavqeini kuchaytirish, mahalla va ta’lim maskanlari bilan hamkorligini yanada kengaytirish, yosh oilalarga g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatish, xotin-qizlar, bolalarni sog‘lomlashtirishga oid bir qator loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
     “Eng namunali yosh oila” ko‘rik-tanlovi – ulardan biri. Unda yosh oilalarning farzand tarbiyasiga e’tibori, oilaviy tadbirkorlikni keng yo‘lga qo‘yish, tibbiy madaniyatni yuksaltirishga doir tajribasi, siyosiy, huquqiy, iqtisodiy bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Ayni paytda ishtirokchi oilalarning jamiyat hayotining turli jabhalarida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mohiyatini nechog‘li teran anglashi, kitobga, milliy san’atimiz va madaniyatimizga, an’ana va urf-odatlarimizga bo‘lgan munosabatiga jiddiy e’tibor qaratildi. Tanlov doirasida oilaviy tadbirkorlikka doir ko‘rgazma, milliy liboslar namoyishi bo‘lib o‘tdi.
     “Eng namunali yosh oila” ko‘rik-tanlovida Yakkasaroy tumani Abdulla Avloniy nomidagi mahallada istiqomat qiluvchi Abdusalom va Dilorom Mutalovlar oilasi oliy o‘ringa, Chilonzor tumanidagi Do‘mbirobod mahallasida yashovchi Rustam va Matluba Ermatovlar oilasi birinchi o‘ringa loyiq topildi.
     Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E.Bositxonova so‘zga chiqdi.

O‘zA 15.05.2012

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU