Emеlе Lеe nomidan e’lon qilingan post yuzasidan rasmiy munosabat
Emеlе Lеe nomidan “Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan postda singlisining (norezident) Bankka omonatga pul qo‘ygani va ushbu mablag‘ning 10% qismi bank tomonidan ushlab qolinganligi haqidagi post qoldirilgan.
Mazkur post bo`yicha shuni ma`lum qilamizki, O‘zbеkiston Rеspublikasining Soliq kodеksiga binoan, Bank soliq agenti sifatida O`‘zbekiston Respublikasining norezident jismoniy shaxslar tomonidan olinadigan foizli daromaddan soliq summasini hisoblab chiqishi, ushlab qolishi va 10% stavka miqdoridagi soliqni O'zbekiston Respublikasi budjetiga o`tkazishi belgilangan.
Agar chet el fuqarosi (norezident) soliq imtiyozidan foydalanmoqchi bo`lsa, bankdagi omonatlar bo' yicha foizlar olingan sanada O'zbekiston Respublikasi soliq organlaridan O'zbekiston Respublikasi soliq rezidenti maqomini tasdiqlovchi hujjat(Sertifikat)ni taqdim etishi kerak.
Ma’lumot uchun: Bank O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga rioya etilishi bo‘yicha huquq va majburiyatlari to‘g‘risidagi ma`lumotlarni jismoniy shaxslar omonat shartnomalari shartlarida va Bankning rasmiy veb-saytida (ommaviy oferta) xabar berib boradi.
Mijozlarda omonatlarga oid savollar yuzaga kelgan taqdirda, 13-44 raqami orqali Bankning Call-markaziga murojaat qilishlari mumkin. Bizning xodimlarimiz ularni hal qilishda yordam berishga doim tayyor.