Butunjahon banki ofisida videokonferensiya o'tkazildi
PEMPAL Byudjet hamjamiyati ishchi guruhi doirasida Butunjahon bankining O'zbekistondagi mintaqaviy ofisida videokonferensiya o'tkazildi. Unda O'zbekiston Moliya vazirligi va uning qoshidagi o'quv markazi mutaxassislari ishtirok etdi. Shuningdek, konferensiyada Butunjahon bankining Zagreb, Belgrad, Sarayevo, Moskva, Tirana, Minsk, Kishinev va Bishkekdagi mintaqaviy vakillari ham qatnashdi.
Ma'lumot o'rnida shuni aytish kerakki, PEMPAL – bu davlat moliyasini boshqarish bo'yicha o'zaro bilim va tajriba almashish hamjamiyatidir. Uning doirasida islohatlar, qolaversa Markaziy Osiyo, Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari o'rtasida tajriba almashishuvga qaratilgan sa'yi harakatlar amalga oshiriladi
Videokonferensiya davomida markaziy davlat organlari tuzilmalari tahlili bo'yicha taqdimotlar o'tkazildi. Uning yakunida resurs bazasini o'zgartirmagan holda davlat tashkilotlari xodimlari faoliyati samaradorligini oshirish, kadrlar salohiyatini mustahkamlash va baholash bo'yicha bir qator tavfsiyalar ishlab chiqildi.
O'zbekistondagi boshqa moliyaviy yangiliklarni www.UzReport.uz da o'qing.
UzReport