Bozor xizmatlari hajmi shu yilning 1-choragida 18 601,6 mlrd.so'mni tashkil etdi
Bozor xizmatlari hajmi shu yilning 1-choragida 18 601,6 mlrd.so'mni tashkil etdi
UzReport.uz
Statistika qo'mitasi tomonidan shu yilning yanvar-mart oylarida mamlakatimiz xizmat ko'rsatish sohasining rivojlanish ko'rsatkichlari ma'lum qilindi. Unga ko'ra, xalqaro standartlarga mos keluvchi faoliyat turlari bo'yicha tovar va servislar statistik tasniflagichi asosida shakllantirilgan bozor xizmatlari hajmi 18 601,6 mlrd.so'mni tashkil etdi.
2016-2020 yillarda xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish Dasturiga muvofiq xizmat ko'rsatuvchi korxonalari faoliyatini muvozanatli rivojlantirish va diversifikatsiyalash, xizmatlar raqobatbardoshligi va sifatini oshirishga yo'naltirilgan vazifalarning amalga oshirilishi ushbu sohani jadal rivojlanishiga olib kelmoqda.
Natijada, 2016 yilning yanvar-mart oylarida, bozor xizmatlari hajmi 18 trln. 601 mlrd 6 00 mln so'mni tashkil etdi. Bu ko'rsatikch o'tgan yilning shu davriga nisbatan 12,1 foizga o'sdi. Jami xizmatlarning o'sishiga 122,9 % lik ko'rsatkich bilan moliyaviy xizmatlar, 114% lik o'sish sur'ati bilan sog'liqni saqlash tizimi katta ta'sir ko'rsatdi.
Shuningdek, savdo sohasida 113,1% lik o'sish qayd etildi. Bundan tashqrai, Ko'chmas mulkka sohasidagi xizmatlar 112,5% ga o'sdi. Xizmatlarning umumiy hajmida eng katta ulushni transport (30,3 %), savdo (27,3 %), moliyaviy xizmatlar va (11,9 %), aloqa va axborotlashtirish sohasi egalladi. (7,1 %) .
UzReport.uz