Bizning tеnnischilarimiz eng zo‘r
Bahraynda 14 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida mintaqaviy ITF turnirining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tеnnischilarimiz ajoyib natijalar ko‘rsatishdi va barcha yetakchi o‘rinlarni egallashdi.
Qizlar o‘rtasidagi juftlik bahslarida sportchilarimiz Emili Kim va Kеyra Kim finalda livanlik raqiblarini 6/1, 6/3 hisobida mag‘lub etib, birinchi o‘rinni egalladi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi juftlik bahslarida sportchilarimiz Akmal Abdullayev va Ablulhodiy Xosilov qirg‘izistonlik raqiblar bilan o‘ynab, 6/4, 5/7, 10/5 hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
Yаkkalik bahslarida tеnnischilarimiz Akmal Abdullayev va Abluhodiy Xosilov o‘zaro bahs olib borishdi.
O‘yin natijasi:
Akmal Abdullayev 6/4, 7/5 Ablulhodiy Xosilov
Yаkkalik bahslarida ham tеnnischilarimiz Emili Kim va Kеyra Kim o‘zaro kuch sinashdi.
O‘yin natijasi:
Emili Kim 6/4, 3/1 Kеira Kim
Murabbiy Dono Valixonov boshchiligidagi o‘yinchilarimizni tabriklaymiz va erishilgan natijalarda to‘xtab qolmasliklarini tilab qolamiz!