Banklarning so‘mdagi plastik kartalariga xizmat ko‘rsatishi yuzasidan yangi tariflari tasdiqlandi
Tadbirkorlik sub’yektlarini rag‘batlantirish va ularga qo‘shmaklashish maqsadida Markaziy bank tomonidan O‘zbеkiston banklar uyushmasi bilan birgalikda 2014 yil 4 avgustda “Uzkart” so‘mdagi plastik kartochkalaridan foydalangan holda Banklararo naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘lov tizimida mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun tijorat banklarining yagona tariflari yangi tahriri tasdiqlandi.
O‘zbеkiston banklar uyushmasining xabariga ko‘ra, tasdiqlangan yangi tariflar 2014 yil 1 sentabrdan kuchga kirdi va O‘zbеkiston Rеspublikasining barcha tijorat banklari tomonidan ularga rioya etilishi shart.
“Uzkart” so‘mdagi plastik kartochkalaridan foydalangan holda Banklararo naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘lov tizimida mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun tijorat banklarining yagona tariflari yangi tahriri bilan quyidagi faylda batafsil tashib chiqishingiz mumkin.
UzReport