“Bankir kundaligi” kanalining Telegram tarmogʼida Kurbanov Alisher nomidan eʼlon qilingan post yuzasidan “Oʼzmilliybank” АJning rasmiy munosabati
Fuqaro Kurbanov Alisher nomidan eʼlon qilingan postda 2023 yil 16 noyabr kunida “Oʼzmilliybank” АJning Buxoro viloyati Kogon Bank xizmatlari markazi Valyuta ayirboshlash shoxobchasiga oʼziga tegishli boʼlgan shikastlanish belgilari mavjud 20 АQSh dollari nominalidagi 2 dona banknotani ayirboshlash maqsadida olib kelgani hamda ushbu banknota Bank xodimlari tomonidan ayirboshlab berilmagani yuzasidan bildirgan noroziliklari toʼliq oʼrganib chiqildi.
Maʼlumot uchun aytib oʼtamiz, Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi tomonidan 2020 yil 31 avgustda roʼyxatdan oʼtkazilgan 3281-sonli “Oʼzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash toʼgʼrisidagi” Nizom talablariga koʼra, shikastlanish belgilari mavjud chet el banknotalari tijorat banki tomonidan bank vositachilik haqi undirilgan holda shikastlanish darajasiga qarab qabul qilinadi.
Yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda, joriy yilning 16 noyabr kunida murojaat muallifi O’zmilliybank АJning Buxoro viloyati Kogon bank xizmatlari markaziga taklif qilindi hamda barcha tegishli ma’lumotlar berildi. Shuningdek, murojaat muallifining talablariga koʼra shikastlangan banknota Bank tomonidan oʼrnatilgan tartibda vetxiga qabul qilinib masala ijobiy hal qilindi.