Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
“Bankir kundaligi” kanaliga kelib tushgan murojaat...

“Bankir kundaligi” kanaliga kelib tushgan murojaatga munosabat

08.10.2020

“O‘zmilliybank” AJ Zarafshon filialiga YaTT “Gafurov Dilshod Obloyorovich” savdo faoliyatini moliyalashtirish uchun kredit olish maqsadida murojaat qilgan, taqdim etilgan kerakli kredit hujjatlar to‘plami bank xodimlari tomonidan o‘rganib chiqilganida tegishli kamchiliklar aniqlangan. Murojaat egasiga kredit ajratish bo‘yicha to‘liq ma'lumot berildi va hujjatlar kredit ajratish shartlariga to‘liq mos kelganda kredit rasmiylashtirish bo‘yicha hech qanday to‘siq yo‘qligi haqida ma'lumot berildi. YaTT “Gafurov Dilshod Obloyorovich” tomonidan kredit ajratish uchun  zarur hujjatlar to‘plami to‘liq qilib  topshirildi va bank mas'ul xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi. 

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan qayta moliyalashtirish foiz stavkasi 1 foiz bandga pasaytirilib, yillik 14 foiz etib belgilangan. O‘z navbatida “O‘zmilliybank” AJ tomonidan taqdim etilayotgan kredit va omonat turlariga ham tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. Kredit foizlarining muqobillashtirilishi bank xizmatlarining raqobatbardoshligini ta'minlash, mijozlar uchun qulaylik yaratish bilan bir qatorda kredit yukini ham kamaytiradi.

YaTT “Gafurov Dilshod Obloyorovich” tomonidan kredit ajratish bo‘yicha qilgan murojaati ijobiy hal qilinib, joriy yil 7 oktyabrda “O‘zmilliybank” AJ Zarafshon filiali tomonidan murojaatda ko‘rsatilgan miqdorda kredit ajratildi.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU