Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 10,4 milliard AQSh dollarini tashkil qildi
2014 yilning yanvar-sentyabr oylari davomida respublikamizda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmining AQSh dollaridagi ekvivalenti 10,4 milliard AQSh dollarini yoki 2013 yilning yanvar-sentyabriga nisbatan 112,3 foizni tashkil qildi.
2014 yilning yanvar-sentyabrida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar umumiy miqdori milliy valyutada 23831,2 mlrd. so’mga teng bo’ldi yoki 2013 yilning shu davriga nisbatan 110,7 foizga o’sdi.
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmining YaIMga nisbati 23,8 foizni tashkil etdi va o’tgan yilning shu davriga nisbatan 0,5 foizga o’sdi.
UzReport