Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
2014 yilning 1 yanvaridan NNTni davlat ro'yxatidan...

2014 yilning 1 yanvaridan NNTni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun undiriladigan davlat boji miqdori 5 baravar kamaytiriladi

07.01.2014
26.12.2013 • "UzReport"

      Joriy yilning 12 dekabr kuni  O'zbekiston Respublikasi Prezidenti “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko'maklashish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” qaror qabul qildi.
      Mazkur qaror, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligini yanada oshirib borish, mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiyalash bo'yicha islohotlarni amalga oshirishdagi ularning roli va ahamiyatini kuchaytirish, «Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyilini izchillik bilan bosqichma-bosqich ro'yobga chiqarish, shuningdek, NNT tizimini keng rivojlantirish, ularni tashkil etish hamda faoliyatini yo'lga qo'yish bilan bog'liq tashkiliy-huquqiy mexanizmlar hamda tartib-taomillarni takomillashtirish va soddalashtirish maqsadida joriy qilindi.
      Unga ko’ra, 2014 yilning 1 yanvaridan NNTni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun undiriladigan davlat boji miqdori 5 baravar, ularning ramzlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun undiriladigan yig'imlar miqdori 2,5  baravar kamaytirilishi qarorda tasdiqlandi.
      Shuningdek, O'zbekiston Respublikasida ro'yxatga olingan NNTning alohida bo'linmalarini, shu jumladan, yuridik shaxs huquqiga ega bo'lganlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish va hisobga olish uchun davlat boji undirilmaydi.
      Nogironlar, faxriylar, xotin-qizlar va bolalar jamoat birlashmalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun davlat boji mazkur Qaror bilan tasdiqlangan davlat boji miqdorining 50 foizi miqdorida undiriladi.
      Nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat ro'yxatidan o'tkazish to'g'risidagi murojaatlari adliya organlari tomonidan amaldagi normativ- huquqiy hujjatlarda nazarda tutilganidek ikki oy muddat o'rniga bir oy muddatda ko'rib chiqilishi hamda yuridik shaxslar olti oy mobaynida bank hisob varaqlari bo'yicha pul operatsiyalarini o'tkazish bilan bog'liq moliya-xo'jalik faoliyatini amalga oshirmagan taqdirda ularni tugatish uchun asos bo'lishini nazarda tutuvchi O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 53-moddasi qoidasi nodavlat notijorat tashkilotlariga joriy etilmaydi.
 

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU