2014 yilda Respublika yo'l jamg'armasining daromad va harajatlari 2,5 trln. so'mni tashkil qiladi
2014 yilda uzunligi 124 km bo'lgan hamda 19 km uzunlikdagi tunnelni(tunelni yana nima deyish mumkin man bilmadim) o'z ichiga oladigan Angren-Pop yangi temir yo'li qurilishi uchun Davlat byudjetidan 150 mlrd. so'm mablag' ajratiladi. Bu haqida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining kelgusi yilga mo'ljallangan Davlat byudjeti loyihasi muhokamasida ma'lumot berildi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra, mazkur loyihaning umumiy qiymati 1,7 mlrd. AQSH dollarini tashkil qiladi. Loyiha doirasidagi pudrat ishlari mahalliy korxonalar, tunnel qurilishi esa Xitoyning “China Railway group” pudratchi kompaniyasi tomonidan bajarilmoqda.
Bundan tashqari, kelgusi yil 534 km uzunlikdagi jahon andozalariga mos keladigan avtomobil yo'llari, 200 pogonometr ko'prik va yo'l o'tkazgichlarni barpo etish, shuningdek, 210 km uzunlikda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari, A 373 Toshkent-O'sh avtomobil yo'lining Qamchiq dovonidan o'tuvchi 74 km uzunlikdagi qismida sement-beton qoplamali yo'l qurib bitkaziladi.
Ushbu loyihalarga Respublika yo'l jamg'armasi hisobidan 1,5 trln. so'm yo'analtiriladi. 2014 yilda mazkur jamg'armaning daromad va xarajatlari 2,5 trln. so'm miqdorida belgilandi.