2014 yil poligrafiya sanoati bo'yicha 745 mlrd. so'mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi
2014 yilning yanvar-dekabr oylarida poligrafiya sanoati bo‘yicha 745,0 mlrd. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi va o‘sish sur‘ati o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 109,5 foizni tashkil etdi.
Hisobot davrida tarmoqning yirik korxonalari tomonidan kitob-jurnal mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlari o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 43,4 foizga oshishi ta‘minlangan: shu jumladan savdo-reklama kataloglari, ma‘lumotnomalar, afishalar va boshqa turdagi reklama mahsulotlarini ishlab chiqarish – 1,9 martaga, kitoblar, gidrografik xaritalar va shunga o‘xshash chizmalar, kartinalar, chizmalar va suratlar, pochta otkritkalari ishlab chiqarish – 50,4 foizga, haftada 4 martadan kam chiqadigan jurnallar va davriy bosma nashrlarni ishlab chiqarish – 20,5 foizga, boshqa turdagi bosma mahsulotlari ishlab chiqarish – 1,7 martaga ko‘paydi.
Shuningdek, blankalar va ish formulyarlarini ishlab chiqarish – 12,2 foizga, daftarlar ishlab chiqarish – 2,1 foizga, korxona va tashkilotlarga muqovalash va pardozlash bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi – 1,6 martaga oshdi.
UzReport