1992 yil davlat obligatsiyalari bo'yicha indeksatsiya koeffitsiyentini belgilandi
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 31 iyuldagi tegishli qarorida 1992 yildagi O'zbekiston Respublikasining 12 foizli ichki yutuqli zayomi obligatsiyalari bo'yicha indeksatsiya koeffitsiyentini belgilandi.
Hujjatga muvofiq, 1994 yil iyulidan 2014 yil iyuligacha eng kam oylik ish haqi 1 373 marta oshganini hisobga olib, zayom obligatsiyalariga 1,373 so'm miqdorida indeksatsiya koeffitsiyenti belgilandi.
Eslatib o'tamiz, 2014 yilning 1 aprelidan 1 iyuligacha O'zbekiston Respublikasi Xalq bankining mas'ul bo'linmalari aholidan zayom obligatsiyalarini qabul qilib oldi.
Pul mablag'larining indeksatsiyani hisobga olgan holda, 1 avgustdan 30 noyabrgacha to'lab berilishi rejalashtirilgan.