O‘zmilliybank mamlakatimiz ahlini 9 may – Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy tabriklaydi!
08.05.2018
Bugungi osoyishta va farovon kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarimizni yod etish, yonimizdagi yoshi ulug‘ hamurtlarimiz, urush va mеhnat faxriylariga hurmat-ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos azaliy qadriyatdir!
Osmoni hamisha musaffo Vatanimizda fidoiy va duogo‘y nuroniylarimiz bor ekan, mustaqilligimiz mustahkam, hayotimiz osuda, tinchligimiz abadiy bo‘ladi!