Сила в доверии

НБУ в соцсетях:

Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to'g'risidagi nizomga o'zgartirishlar kiritildi

29.09.2015 1021

«O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida»gi, «Mikrokredit tashkilotlari to'g'risida»gi, «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risida»gi hamda «O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo'lidagi to'siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi qonunlariga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi “Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to'g'risida”gi Nizomga o'zgartirishlar kiritish haqida” qaror qabul qildi.

  Kiritilgan o'zgartirishlarga ko'ra, litsenziya olish uchun mikrokredit tashkiloti ro'yxatdan o'tkazilganidan so'ng bir oydan kechiktirmasdan Markaziy bankka yoki uning tegishli hududiy boshqarmasiga pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etilishi zarur bo'lgan hujjatlar ro'yxati qisqartirildi. Xususan, ilgari taqdim etilishi lozim bo'lgan mikrokredit tashkilotining ta'sis hujjatlari, mikrokredit tashkiloti davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risida guvohnomaning nusxasi kabi hujjatlar endilikda talab etilmaydi.

Bundan tashqari, hajmi bir varaqdan ziyod holda taqdim etiladigan barcha hujjatlar alohida yig'majild shaklida tikilib, mikrokredit tashkiloti rahbari tomonidan imzolangan va muhr mavjud bo'lgan taqdirda muhri bilan tasdiqlangan bo'lishi lozimligi belgilab qo'yildi.

O'zgartirishlarga ko'ra, ilgari norezident jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan, shuningdek ellik foizdan ortiq aksiyalari norezident jismoniy va yuridik shaxslarning egaligida, foydalanuvida yoki tasarrufida bo'lgan rezident yuridik shaxslar tomonidan O'zbekiston Respublikasida tashkil etilgan mikrokredit tashkiloti aksiyalarini  sotib olish, ularga egalik qilish huquqini berish va shu kabi boshqa munosabatlar bo'yicha kelishuvlar faqat Markaziy bankning oldindan ruxsati olinganidan so'ng amalga oshirilgan bo'lsa, endilikda bu talab bekor qilindi.

Shuningdek, o'zgartirishlarga ko'ra, Mikrokredit tashkiloti litsenziyaning amal qilishini to'xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etgan taqdirda Markaziy bank tasdiqlovchi hujjatlar olingan kundan boshlab uch kun ichida uning amal qilishini tiklash to'g'risida qaror qabul qilishi shart. Ilgari bu muddat o'n kunni tashkil etgan.

 Mazkur Nizomga muvofiq talab qilinadigan barcha hujjatlar O'zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi Qonuniga rioya etilgan holda taqdim etiladi.

 

UzReport

0
0



Читайте также

Смотреть все новости

АО "Узнацбанк" объявляет конкурс на чистку стеклопакетов Центрального офиса

13.04.2021

АО "Узнацбанк" объявляет конкурс на строительство экспресс-пункта

13.04.2021

Победители шестого розыгрыша ценных призов Эко-акции от Узнацбанка

13.04.2021

О проведении последнего розыгрыша ценных призов Эко-акции от Узнацбанк

09.04.2021

Оставайтесь в курсе последних событий

Будем отправлять одно письмо в неделю, и никакого спама

Последнее обновление сайта: 14.04.2021 13:01:25

Лицензия Центрального Банка Республики Узбекистан №22 от 15.02.2020 г.
© 2021 NBU. Все права защищены. Обнаружив в тексте ошибку, выделите её и нажмите Ctrl+Enter

В случае обнаружения несоответствия в информации, представленной на разных языках, необходимо руководствоваться вариантом на государственном языке. При использовании материалов сайта ссылка на веб-сайт www.nbu.uz обязательна.

Обратная связь

Контактная информация

Режим работы обратной связи
с 9:00 до 21:00 с понедельника по пятницу

100084, Республика Узбекистан, г. Ташкент, проспект Амира Темура, 101

Ваше сообщение успешно отправлено

Наш специалист ответит вам в течение рабочего дня. В связи с большим числом запросов во время пандемии COVID-19 возможны небольшие задержки при ответе на обращения.