Сила в доверии

Вклады в Milliy

Делайте вклады ещё выгоднее!

MilliyOn

Важные покупки сейчас!

НБУ в соцсетях:

Toshkentda SHHT ning Banklararo Birlashmasi yig'ilishi bo'lib o'tdi

23.06.2016 1283

    Bugun Toshkentda SHHT sammiti doirasida  tashkilot Banklararo Birlashmasi(BB) кengashining XII majlisi bo'lib o'tdi. Majlisda  "Qozog'iston Taraqqiyot Banki",   Qirg'iziston   "RSK Banki", "Xitoy Davlat Taraqqiyot banki" Korporatsiyasi,  Rossiyaning "Taraqqiyot va tashqi iqtisodiy faoliyatbanki" Davlat Korporatsiyasi,Tojikiston "Amonatbonk" Davlat Jamg'arma Banki, O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, "Belarusbank" Jamg'arma Banki, Pokistonning “Xabib Bank Limited” va Mongoliya Taraqkiyot Banki sherik-banklar sifatida qatnashdi.

   SHHT BB ga tashkilotga a'zo davlatlar hukumat rahbarlari кengashining 2005 yildagi qarori bilan asos solingan.Tuzilmaning asosiy vazifasi  moliyalash mexanizmlarini yaratish va investitsion loyihalarga bank xizmatlarini ko'rsatishdan iboratdir.O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki SHHTning BB da mamlakatimiz nomidan ishtirok etuvchi vakolatli moliya instituti hisoblanadi. SHHT BB кengashi yakuniy majlisining 2015 yil 9 iyuldagi bayoniga muvofiq O'zmilliybank 2015-2016 yillarda SHHT BB ga Rais-bank deb tayinlangan.

   Majlisda O'zmilliybank raisligi ostida amalga oshirilgan ishlar va  erishilgan natijalar bo'yicha ma'lumot berildi. SHHT bosh kotibi Rashid Alimov ta'kidlaganidek, bugun ushbu tuzilmaga a'zo davlatlarning maqsadi va istagi  yagona, u ham bo'lsa SHHT yanada kuchli tuzilmaga aylantirishdir.  BB uning eng muhim mexanizmlaridan biri sanaladi. Tashkilotning Toshkent sammiti a'zo-davlatlar uchun tarixiy ahamiyatga egadir, chunki ushbu tuzilma o'zining 15-yilligini nishonlamoqda. Birgalikdagi sa'yi harakatlar bilan tarixiy qisqa davr ichida  SHHT mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni  ta'minlaydigan nufuzli xalqaro tuzilmaga aylandi.

   O'zbekiston raisligi davrida tashkilotning Pekindagi bosh qarorgohida  Ozarbayjon, Armaniston va Nepalga muloqot bo'yicha hamkor maqomini berish yuzasidan memorandumlar imzolandi, - deydi SHHT bosh kotibi Rashid Alimov.  - Bugungi kunda SHHT umumiy hududi yer yuzining  26,6 % ni tashkil qiluvchi 18 ta davlatni o'z atrofida birlashtirgan.  Ushbu mamlakatlarda dunyo aholisining 41% istiqomat qilmoqda. SHHT  davlatlarining jami YAIM 2015 yilda 21 trln. dollarga teng bo'ldi. Bu umumiy  jahon YAIM ning  27,1 % ni tashkil qiladi. Bundan tashqari,  a'zo- davlatlarning savdo aylanmasi 6 trln. dollardan iborat bo'ldi.  Bularning barchasi mazkur xalqaro tashkilotning iqtisodiy salohiyati oshib borayotganligi, savdo- iqtisodiy va bank- moliya sohalaridagi hamkorlik imkoniyatlari kengayayotganligidan dalolat beradi.

  Shunisi e'tiborliki, tashkilotning BB a'zolari soni ham oshib bormoqda. Masalan, 2015 yilda sherik- bank maqomi Pokistonning “Xabib-bank limit” bankiga berilgan edi. Yaqinda SHHT kotibiyatiga Armaniston, Kambodja va Nepaldan rasmiy murojaatlar yuborildi.

 

  Yig'ilishda sherik banklar vakillari va boshqa Kengash a'zolarining joriy va istiqboldagi faoliyati yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi. Tomonlar investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish, SHHT hududi va Osiyo mintaqasida faoliyat olib borayotgan xalqaro moliya institutlari bilan o'zaro aloqalarni rivojlantirish muhimligini ta'kidlashdi. 

  Bundan tashqari, o'rta muddatli istiqbolda SHHT BB ni yanada rivojlantirish Strategiyasini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi. Majlis davomida Mongoliya Taraqqiyot banki BB ga sherik- bank maqomini berish yuzasidan qaror imzolandi.

0
0



Читайте также

Смотреть все новости

Предприятие успешно развивается при поддержке АО «Узнацбанк»

22.10.2021

АО «Узнацбанк», его дочерний банк Азия-Инвест Банк (АО) и АО КБ «Солидарность» (РФ) запускают...

02.10.2021

Инвестиционная привлекательность АО “Национальный банк Республики Узбекистан” и перспективы...

30.09.2021

АО «Узнацбанк» и Дойче банк Германии подписали заемное соглашение на сумму $100 млн.

30.09.2021

Оставайтесь в курсе последних событий

Будем отправлять одно письмо в неделю, и никакого спама

Последнее обновление сайта: 23.10.2021 16:00:01

Лицензия Центрального Банка Республики Узбекистан №22 от 15.02.2020 г.
© 2021 NBU. Все права защищены. Обнаружив в тексте ошибку, выделите её и нажмите Ctrl+Enter

В случае обнаружения несоответствия в информации, представленной на разных языках, необходимо руководствоваться вариантом на государственном языке. При использовании материалов сайта ссылка на веб-сайт www.nbu.uz обязательна.

Обратная связь

Контактная информация

Режим работы обратной связи
с 9:00 до 21:00 с понедельника по пятницу

100084, Республика Узбекистан, г. Ташкент, проспект Амира Темура, 101

Ваше сообщение успешно отправлено

Наш специалист ответит вам в течение рабочего дня. В связи с большим числом запросов во время пандемии COVID-19 возможны небольшие задержки при ответе на обращения.

Примите участие в улучшении качества обслуживания
Ответьте пожалуйста на 3 вопроса
Пройти опрос