Специальные возможности
18.11.2013

Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti(SHHT)ga a'zo davlatlar transport vazirlarining oltinchi kengashi bo'lib o'tdi

Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT)ga a'zo davlatlar transport vazirlarining oltinchi kengashi bo'lib o'tdi.

Kengash ishida O'zbekiston Respublikasi, Qozog'iston Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Qirg'iziston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi transport mahkamalari rahbarlari, shuningdek, SHHT Bosh kotibining o'rinbosari A.Nosirov ishtirok etdi.

Kengash O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E.G'aniyev raisligida o'tdi.

SHHTga a'zo davlatlar hamkorligi barcha yo'nalishlar, shu jumladan, transport sohasida ham samarali rivojlanmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganidek, transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish tinchlik va barqarorlikni ta'minlash, iqtisodiyotni yuksaltirish hamda farovonlikka erishishda muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Tadbirda SHHT doirasida transport sohasidagi ko'p tomonlama hamkorlikning bugungi ahvoli va uni rivojlantirish istiqbollari haqida fikr almashildi.

Tadbir ishtirokchilari SHHT Davlat rahbarlari kengashining shu yil 13 sentyabr kuni bo'lib o'tgan majlisida transportni va mintaqaviy transport koridorlarini rivojlantirish borasida erishilgan kelishuvlarning so'zsiz amalga oshirilishini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilayotganini ta'kidladi.

SHHTga a'zo davlatlar hukumat rahbarlari (Bosh vazirlari)ning bo'lib o'tadigan majlisida SHHTga a'zo davlatlar hukumatlari o'rtasida avtomobilda xalqaro tashuvlar uchun qulay sharoit yaratishga oid bitimni imzolashga tayyorlash transport sohasidagi ko'p tomonlama hamkorlikning muhim vazifasi ekani hamda bu bitim mintaqada avtomobil qatnovini rivojlantirish, tashkilotga a'zo davlatlarning transport salohiyatini, o'zaro savdo-sotiq hamda investitsiyalar hajmini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Kengashda transport sohasida o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishni davom ettirish, transport infratuzilmasini, xususan, temir yo'l transporti ob'ektlarini qurish va foydalanishga topshirish, tranzit tashishlar hajmini ko'paytirish, yuklarni temir yo'l transportida tashishda tariflarni optimallashtirishga doir siyosat hamda yuklarga bandargohlarda va chegaradan o'tishda ishlov berishda kompleks stavkalarni muvofiqlashtirish uchun imkon qadar qulay shart-sharoit yaratish bo'yicha loyihalarni amalga oshirish orqali hamkorlikni jadal rivojlantirishga alohida e'tibor berish to'g'risida kelishib olindi.

Shuningdek, havo transporti sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, chunonchi, aeronavigatsiya sohasidagi o'zaro hamkorlikni mustahkamlash, xalqaro aeroportlarni tashkil qilish va boshqarish, istiqbolda SHHTga a'zo davlatlar o'rtasida yangi hamda iqtisodiy jihatdan samarali aviayo'nalishlarni shakllantirish bo'yicha tajriba almashish, mintaqada yangi xalqaro intermodal logistika markazlarini tashkil etish va faoliyat ko'rsatayotgan markazlar imkoniyatlaridan samarali foydalanishga doir masalalar ham ko'rib chiqild.


Курсы валют

  • USDUZS
  • 8650.00
  • EURUZS
  • 9770.00
  • RUBUZS
  • 138.00

Мобильное
приложение Milliy

Информация по кредитам
Погашение кредита
Информация по депозитам
Уведомление о наступлении срока погашения кредита и выплаты начисленных процентов по депозитам