Сила в доверии

НБУ в соцсетях:

Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va ulardan foydalanish tartiblari aniqlandi

21.07.2015 2262

Markaziy bank Boshqaruvining ushbu qarori «O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida»gi, «Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi, «Buxgalteriya hisobi to'g'risida»gi qonunlar va davlatimiz rahbarining 2015 yil 6 maydagi «Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qaroriga muvofiq qabul qilindi.

Hujjatda belgilanishicha, tijorat banki balansida va balansdan tashqari moddalarda yuritilayotgan muammoli aktivlarning ulushi jami aktivlarning o'n foizidan ortiq bo'lsa, Markaziy bank tomonidan tijorat banki ijro rahbariyatining malakasi Markaziy bank talablariga muvofiq emas deb topishga hamda tijorat banki Kengashi tomonidan bank faoliyati ustidan o'rnatilgan nazoratni yetarli emas deb hisoblanishiga asos bo'ladi. Daromad keltirmaydigan aktivlarning ulushi jami aktivlarning yetmish foizidan ortiq bo'lishi bank kredit siyosati, kreditlar ajratish va ularni boshqarish jarayonining bo'shligini bildiruvchi ko'rsatkich hisoblanadi.

Qarorda shuningdek aktivlar sifatini tasniflash tizimiga oid qoidalar ham o'rin olgan bo'lib, unda qayd etilishicha, qarzdorlar tarmoq (iqtisodiyot sektori) tendensiyasi va istiqboli,   muayyan loyihaning texnik amalga oshiriluvi va iqtisodiy raqobatbardoshligi,   moliyaviy holati va kredit olishga qodirligi, rahbarining boshqarish qobiliyati va shu kabi boshqa bir qator asosiy mezonlar bo'yicha baholanadi.

Tijorat banklarining aktivlari sifatiga ko'ra «standart», «substandart», «qoniqarsiz», «shubhali» va «umidsiz» toifalarga tasniflanadi.

Xususan, qarzlarning o'z muddatida to'lanishiga shubha tug'dirmaydigan aktivlar sifati «standart» deb tasniflanadi. Bunda qarz oluvchi moliyaviy jihatdan barqaror hisoblanadi, u yetarli miqdorda kapitalga, yuqori daromadlilik darajasiga hamda barcha mavjud majburiyatlarni, jumladan, mazkur qarzni qondirish uchun yetarli pul mablag'lari oqimiga, shuningdek amalga oshirilishi mumkin bo'lgan strategik rejaga, bozorda raqobatdoshlik qobiliyatiga, yaxshi mahsulotni ishlab chiqarishga va o'z mahsuloti bo'yicha marketing rejasiga ega bo'ladi.

Sifati «standart» deb tasniflangan aktivlar qaytarilishida muammolar kuzatilmaydi. Bunda asosiy qarz summasining va foizlarining hech qanday qismi muddati o'tgan yoki shartlari qayta ko'rib chiqilmagan bo'lishi lozim.

Hujjatda shuningdek aktivlar sifatining qolgan boshqa toifalari ham alohida sharxlab o'tilgan.

Bundan tashqari qarorda ta'minotga qo'yiladigan talablar, shartlari qayta ko'rib chiqilgan aktivlar va investitsiya portfelining sifatlarini tasniflash, tijorat banki aktivlari bo'yicha ehtimoliy yo'qotishlarga doir zaxirani shakllantirish, majburiy zaxiralar depozitlariga mablag' o'tkazish, zaxiralardan foydalanishga oid qoidalar o'rin olgan.  

3
0



Читайте также

Смотреть все новости

АО «Узнацбанк» объявляет конкурс на услуги по внедрению цифрового банкинга

14.04.2021

АО "Узнацбанк" объявляет конкурс на строительство экспресс-пункта

14.04.2021

АО "Узнацбанк" объявляет конкурс на чистку стеклопакетов Центрального офиса

13.04.2021

АО "Узнацбанк" объявляет конкурс на строительство экспресс-пункта

13.04.2021

Оставайтесь в курсе последних событий

Будем отправлять одно письмо в неделю, и никакого спама

Последнее обновление сайта: 16.04.2021 12:20:33

Лицензия Центрального Банка Республики Узбекистан №22 от 15.02.2020 г.
© 2021 NBU. Все права защищены. Обнаружив в тексте ошибку, выделите её и нажмите Ctrl+Enter

В случае обнаружения несоответствия в информации, представленной на разных языках, необходимо руководствоваться вариантом на государственном языке. При использовании материалов сайта ссылка на веб-сайт www.nbu.uz обязательна.

Обратная связь

Контактная информация

Режим работы обратной связи
с 9:00 до 21:00 с понедельника по пятницу

100084, Республика Узбекистан, г. Ташкент, проспект Амира Темура, 101

Ваше сообщение успешно отправлено

Наш специалист ответит вам в течение рабочего дня. В связи с большим числом запросов во время пандемии COVID-19 возможны небольшие задержки при ответе на обращения.