Сила в доверии

Background
Кредит на образование
Кредит для очной, вечерней, заочной форм обучения
Подробнее
Background
Visa Direct
Мгновенные переводы без особых усилий!
Подробнее
1344
+998 78 148 00 10 Call центр:
Режим работы с 9:00 до 21:00
НБУ в соцсетях:

Shanxay hamkorlik tashkiloti Banklararo birlashmasi kengashining XVII yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra raislik O‘zbekiston milliy bankiga o‘tdi

21.09.2021 1728


2021 yil 16 sentyabr' kuni Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida Tojikiston Respublikasining «Amonatbonk» davlat jamg‘arma banki raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti Banklararo birlashmasi (ShHT BB) kengashining XVII yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Tojikiston Respublikasi Bosh vazirining Birinchi o‘rinbosari D.Said, Tojikiston Milliy bankining raisi X.Xolikzoda, ShHT ning bosh kotibi V. Norov va TR «Amonatbonk» DJB Boshqaruvining raisi yig‘ilganlarga tabrik so‘zi bilan murojaat qildi.

Tadbirda ShHT ga a'zo davlatlar rivojlanish banklarining rahbarlari ham ishtirok etib, bunda ShHT makonida va Osiyo mintaqasida faoliyat yurituvchi xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni kengaytirish, BB ga a'zo banklar bilan kadrlarni tayyorlash va tajriba almashish sohasida investisiyaviy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e'tibor qaratdi.

Yig‘ilish ishtirokchilari uchrashuv doirasida qabul qilingan yangi tahrirdagi ShHT BB ni o‘rta muddatli istiqbolga mo‘ljallangan rivojlantirish strategiyasini (2022-2026 yy.) amalga oshirish muhimligini ta'kidladi. Zero, ushbu hujjat BB doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari bo‘yicha xatti-harakatlarni birlashtirish va nuqtai nazarlarni muvofiqlashtirishning muhim vositasi sifatida ko‘rib chiqiladi.

Qabul qilingan strategiya pandemiya oqibatlarini yengib o‘tish, inklyuziv iqtisodiy rivojlanish uchun shart-sharoitlarni yaratish, savdo va investisiyalarni rag‘batlantirish, shuningdek, keyingi 5 yilga BB ga a'zo davlatlar hamkorligini yo‘naltirish choralari majmuasini ko‘zda tutadi.

ShHT ning bosh kotibi V.I.Norov tomonidan yetakchi jamoat instituti sifatida BB tomonidan ShHT doirasida o‘zaro bank-moliya va investision hamkorlikni rivojlantirishga, shuningdek, ShHT mintaqasida moliya, yuqori texnologiyalar, transport-kommunikasiya infratuzilmalari, energetika va investisiyalar sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga qo‘shgan salmoqli hissasi ta'kidlandi.

2021-2023 yillarda koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlarini yengib o‘tish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da, shuningdek 2020 yilda ShHT BB da «VEB.RF» davlat korporatsiyasi raisligida qabul qilingan «ShHT makonida milliy valyutalardan foydalanishni kengaytirishga birgalikda yondashuvlar»da belgilangan va BB ga a'zo banklar tomonidan amalda joriy yildan boshlab yuritilayotgan faoliyatining samaradorligi ta'kidlandi.

O‘zbekiston Milliy banki Boshqaruvi raisi ma'ruzasida yirik investisiyaviy loyihalarni moliyalash moderlari, BB ning investisiyaviy-moliyaviy faoliyatini rivojlantirish, shuningdek pandemiya sharoitida innovasion bank xizmatlarini joriy qilish masalalari ta'kidlandi. Ayni paytda ShHT BB ni o‘rta muddatli istiqbolga mo‘ljallangan rivojlantirish strategiyasining muhim roli qayd etildi. Ayni paytda Strategiyaning asosiy bandlarini amalga oshirish bo‘yicha tegishli Yo‘l xaritasini ishlab chiqish taklif qilindi.

Yig‘ilish yakunida BB ga a'zo banklarning rahbarlari tomonidan pandemiya davom etayotgan sharoitda TR «Amonatbonk» DSB ning ShHT BB maydonchasidagi raisligi muvaffaqiyatli bo‘lganligi ta'kidlandi.

Tadbir yakunlariga ko‘ra, ShHT BB da 2021-2022 yillar davridagi raislik O‘zbekiston tomoniga – «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki»ga o‘tdi.

Ma'lumot uchun: ShHT BB 2005 yil 26 oktyabrda ShHT doirasidagi banklararo hamkorlik to‘g‘risidagi bitimga muvofiq tashkil qilingan. ShHT tomonidan amalga oshirilayotgan hamda ShHT ga a'zo davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan investisiyaviy loyihalarni moliyalash va ularga bank xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha mexanizm bo‘lib xizmat qiladi.

0
0



Читайте также

Смотреть все новости

Оставайтесь в курсе последних событий

Будем отправлять одно письмо в неделю, и никакого спама

Последнее обновление сайта: 23.02.2024 07:28:09

Лицензия Центрального Банка Республики Узбекистан №22 от 25.12.2021 г.
© 2024 NBU. Все права защищены. Обнаружив в тексте ошибку, выделите её и нажмите Ctrl+Enter

Яндекс.Метрика

В случае обнаружения несоответствия в информации, представленной на разных языках, необходимо руководствоваться вариантом на государственном языке. При использовании материалов сайта ссылка на веб-сайт www.nbu.uz обязательна.

Техническая поддержка NBU

в сети

Обращение отправлено!

Пожалуйста, ожидайте ответа на
указанный вами Email-адрес

Служба поддержки NBU


Я - Ваш виртуальный помощник.
Загрузка...

Служба поддержки NBU


Выберите интересующую тему

Ваше сообщение успешно отправлено

Наш специалист ответит вам в течение рабочего дня. В связи с большим числом запросов во время пандемии COVID-19 возможны небольшие задержки при ответе на обращения.

Примите участие в улучшении качества обслуживания
Ответьте пожалуйста на 3 вопроса
Пройти опрос