Qalmoqqir konida 13,3 mln. m³ ustki qatlam jinslari olib chiqildi
04.08.2014
3185
Yurtimizda kon metallurgiya mahsulotlarini qazib olish va ishlab chiqarish sanoati so'nggi yillarda yuqori darajada, jadal rivojlanmoqda. Birgina Qalmoqqir konida hisobot davrida belgilangan 6,8 mln. m³ o’rniga 13,3 mln. m³ ustki qatlam jinslari olib chiqildi. Ma’lumki, Qalmoqqir koni nafaqat respublikamiz, balki jahondagi eng yirik mis-molibden koni hisoblanib, unda istiqlol yillarida ishlab chiqarish hamda mahsulot yetkazish hajmi sezilarli darajada rivojlanib bormoqda.
Kon faoliyatiga nazar tashlaydigan bo'lsak, 1993 yilda 19,5 mln. tonna ruda qazib olindi hamda ushbu ko'rsatkich hozirgi davrga qadar rivojlanishda davom etmoqda. Shuningdek, 1993 yilda ustki qatlamlarni qazib olish 12 027 ming m³ ni tashkil etgan bo'lsa, hisobot davrida karerlardan 13,3 mln. m³ teng ustki qatlam jinslari olib chiqildi.
Bundan tashqari, Prezidentimizning 2009 yil 23 noyabrdagi "Qalmoqqir konini kengaytirish va rekonstruksiya qilish investision dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi Qaroriga asosan, ushbu davrda 50 foiz ekskavatorlar yangilariga almashtirilib, 20 ta ekskovator foydalanishga topshirildi. Shu bilan bir qatorda, 10 ta burg’ulash dastgohlari, 16 ta buldozer, 3 tadan avtogreyder va avtoyuklagich, 5 ta tortish agregati, 43 ta dumpkar, 3 ta zaryadlash mashinasi va 2 ta burg’ulash uskunasi xarid qilinib, ishlab chiqarishga jalb etildi.
Mazkur texnik va texnologik yangilanishlar natijasida, Qalmoqqirning ruda qazib olish quvvati 3,5 mln. tonnagacha oshishi bilan birga, 30 million tonnalik reja amalga oshirildi. Qalmoqqir konchilari 2012 yilda 30,9 mln. tonna mahsulot ishlab chiqargan bo'lsa, 2013 yilda ushbu natija 31,033 tonnani tashkil etdi. Bundan tashqari, ustki qatlamlarni ochish ishlarida yuqori natijalar kuzatildi. Qayd etish joizki, 2010 yilda Qalmoqqir o’zining milliard tonnalik tog’ massasini kombinat boyitish fabrikalariga jo’natishga muvaffaq bo’ldi