Сила в доверии

НБУ в соцсетях:

O'zmilliybank tomonidan 'Hisobli' omonati taklif etilmoqda

29.10.2015 988

Davlatimiz rahbari tomonidan 2010-yilning  17-iyunida qabul qilingan “Qishloq joylarida namunaviy loyihalar asosida xususiy uy-joy qurilishini  kengaytirishga oid  qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi  Qarori aholini har tomonlama  qulay va shinam  uy-joylar bilan ta'minlash orqali  shahar va qishloqlar o'rtasidagi tafovutni kamaytirishga  qaratilgan. Ushbu qarorga muvofiq, mamlakatimizning barcha hudularida 3,4, va 5 xonali uylar qurilib foydalanishga topshirilmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, ushbu jarayonga 2013-yildan boshlab Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ham jalb etilgan.

Pishiq g'isht, tunukali tom, taxtali poldan imorat qurish xalqimizning asrlar davomidagi orzusi bo'lgan. Yaqin-yaqingacha ota-bobolarimiz  paxsa, guvala , devorli,  loyli  tom, zaxkash uylarda yashab kelishgan.So'nggi yillarda milliy iqtisodiyotni  rivojlantirish va  modernizatsiyalash yo'lida amalaga oshirilayotgan islohotlar natijasida  aholining turmush  darajasi ham yaxshilanib bormoqda.  Hozirgi kunda respublikamizning uzoq hududlarida istiqomat qiluvchi aholi ham  namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan uy-joylarda istiqomat qiladi. Ushbu jarayonga professional arxitektor, muhandislar jalb etilgan bo'lib,ular tomonidan asosiy e'tibor imoratni  har tomonlama qulay, zamonaviy va shinam  bo'lishiga qaratildi.

Yakka tartibdagi uy-joylarni “kaliti bilan topshirish”sharti asosida qurilishni moliyalashtirishga jalb etilgan Milliy bank tomonidan  o'tgan 2 yil davomida Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida 2013 va 2014-yil dasturlari bo'yicha namunaviy uy-joylarning qurilish-montaj ishlari uchun jami 486 mlrd so'm ajratilgan. Shuningdek, fuqarolarning badal mablag'lari hisobidan 197 mlrd so'mlik moliyalashtirish ishlari amalga oshirildi. Xususan 2013 yil dasturi  doirasida  mamlakatimizning 16 ta tuman va 37 massivida 1198 ta namunaviy uy-joylarni qurish uchun jami 166 mlrd so'm ajratildi

Bugungi kunda Milliy bank tomonidan aholiga ipoteka krediti foizlarini to'lash uchun qo'shimcha tarzda “Hisobli” omonati taklif etilmoqda.Ushbu omonat turida hisoblangan foizlar har oyda jismoniy shaxsning ipoteka krediti foizini qoplashga yo'naltiriladi. Ayni paytda fuqarolarning  badal mablag'lari hisobidan 106 mlrd so'm,  imtiyozli ipoteka kreditlari hisobidan  esa 194 mlrd so'm qurilish montaj ishlari uchun moliyalashtirildi.

0
0



Читайте также

Смотреть все новости

В Узбекистане стартовал «Global money week»

20.04.2021

Вниманию клиентов Банка

19.04.2021

АО «Узнацбанк»: большой вклад в решение социально-экономических вопросов населения

19.04.2021

АО «Узнацбанк» объявляет конкурс на услуги по внедрению цифрового банкинга

14.04.2021

Оставайтесь в курсе последних событий

Будем отправлять одно письмо в неделю, и никакого спама

Последнее обновление сайта: 21.04.2021 13:22:56

Лицензия Центрального Банка Республики Узбекистан №22 от 15.02.2020 г.
© 2021 NBU. Все права защищены. Обнаружив в тексте ошибку, выделите её и нажмите Ctrl+Enter

В случае обнаружения несоответствия в информации, представленной на разных языках, необходимо руководствоваться вариантом на государственном языке. При использовании материалов сайта ссылка на веб-сайт www.nbu.uz обязательна.

Обратная связь

Контактная информация

Режим работы обратной связи
с 9:00 до 21:00 с понедельника по пятницу

100084, Республика Узбекистан, г. Ташкент, проспект Амира Темура, 101

Ваше сообщение успешно отправлено

Наш специалист ответит вам в течение рабочего дня. В связи с большим числом запросов во время пандемии COVID-19 возможны небольшие задержки при ответе на обращения.