Сила в доверии

Вклады в Milliy

Делайте вклады ещё выгоднее!

Переводы из Сбербанка

По самому выгодному курсу с НБУ!

НБУ в соцсетях:

Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini eksport qilish masalalari

29.01.2016 2172

Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini eksport qilish masalalari

 

UzReport

 

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish, ularga zamonaviy, chet el bozorlarida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ko'paytirishda ko'maklashish va sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksport qilish jarayonida vujudga kelayotgan muammolarni chuqur o'rgangan holda, ularni bartaraf etish bo'yicha takliflar ishlab chiqish maqsadida sohaviy davra suhbatlarini o'tkazmoqda. Bu galgi davra suhbati oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini eksport qilish masalalariga bag'ishlab o'tkazildi.

Davra suhbati davomida soxa korxonalarini eksport faoliyatiga keng jalb qilish, ularning maxsulotlarini xorijiy bozorlarga eksport qilish, eksport salohiyati hamda geografiyasini yanada kengaytirish va ushbu soxadagi eksportbop maxsulot ishlab chiqaruvchilarda yuzaga kelayotgan muammoli masalalar keng muhokama etildi. Shuningdek tadbirda jamg'arma faoliyatiga  to'xtalib olib borilgan ishlar xususida ham so'z yuritildi.

Jumladan, 2015-yil davomida Jamg'arma 3213 ta tadbirkorlik subyektlariga mahsulot va xizmatlarni eksport qilishda  tashkiliy, huquqiy  va moliyaviy xizmatlar ko'rsatdi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida Jamg'arma ko'magida         1 mlrd. 45 million dollarlik eksport amalga oshirildi. Bundan, 1217 oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi korxonalariga ko'mak ko'rsatilgan va buning natijasida               373 million dollarlik eksport amalga oshirildi.

Jumladan, tashqi bozorlarni o'rganishda 2804 ta, chet ellik hamkorlarni topishda   90 ta, xalqaro ko'rgazmalarda ishtirok etishda, xalqaro sertifikatlar olish va bojxona rasmiylashtiruvida 203 ta, shuningdek, eksport shartnomalarini tuzish va ma'lumotlarni tashqi savdo aylanmasining yagona tizimiga kiritishda 116 ta tadbirkorga yordam berildi.

Shuningdek, xorijiy hamkorlarni respublikamizga taklif etish natijasida, 400 dan ortiq tadbirkorlar Rossiya, Latviya, Litva va boshqa davlatlarning ishbilarmon doiralari hamda xorijiy savdo majmualari vakillari bilan muzokaralar o'tkazishdi. Natijada, 346 million dollarlik eksport kelishuvlari imzolandi va ular doirasida    56 million dollarlik eksport amalga oshirildi.

Oziq-ovqat va qishloq xoBundan tashqari kichik biznes sub'ektlarini eksport faoliyatiga keng jalb kilish, ularni respublikada yaratilayotgan kulay shart-sharoitlar bilan tanishtirish maqsadida Jamg'arma doimiy ravishda respublikaning barcha tumanlarida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar va davra suxbatlari tashkillashtirilmokda.

Shular bilan bir qatorda jamg'arma xodimlari 2015 yilda 3715 ta, birgina dekabr oyida 968 ta korxonalarga tashrif buyurib, 328 ta eksportga layoqatli ishlab chiqarish korxonalarini aniqlanib, ular bilan bevosita ishlab tijorat takliflari olindi va korxonalar kesimida 4-chorakda eksportga ortish jadvallari ishlab chiqildi, bulardan, 20 tasining maxsulotlari Jamg'armaning Ufadagi shou rumida joylashtirildi, 50 tasini xorijiy ko'rgazmalarga jo'natish rejalashtirildi va amalga oshirilgan ishlar natijasida 11 ta korxona tomonidan 13,6 million dollar miqdoridagi eksport amalga oshirilgan.

Davra suxbati davomida tashrif buyurgan tadbirkorlar ham mazkur yo'nalish bo'yicha o'z fikr muloxazalarini bildirdilar. Tadbir so'nggida esa muxokama etilgan masalalar va sohani yanada rivojlantirish bo'yicha tegishli takliflar ishlab chiqildi.

UzReport

 

0
0



Читайте также

Смотреть все новости

Уважаемые граждане

17.09.2021

"Узнацбанку" 30 лет!

07.09.2021

Уважаемые и трудолюбивые коллеги, дорогие соотечественники

01.09.2021

Уважаемые клиенты АО «Узнацбанк»

31.08.2021

Оставайтесь в курсе последних событий

Будем отправлять одно письмо в неделю, и никакого спама

Последнее обновление сайта: 18.09.2021 09:00:01

Лицензия Центрального Банка Республики Узбекистан №22 от 15.02.2020 г.
© 2021 NBU. Все права защищены. Обнаружив в тексте ошибку, выделите её и нажмите Ctrl+Enter

В случае обнаружения несоответствия в информации, представленной на разных языках, необходимо руководствоваться вариантом на государственном языке. При использовании материалов сайта ссылка на веб-сайт www.nbu.uz обязательна.

Обратная связь

Контактная информация

Режим работы обратной связи
с 9:00 до 21:00 с понедельника по пятницу

100084, Республика Узбекистан, г. Ташкент, проспект Амира Темура, 101

Ваше сообщение успешно отправлено

Наш специалист ответит вам в течение рабочего дня. В связи с большим числом запросов во время пандемии COVID-19 возможны небольшие задержки при ответе на обращения.

Примите участие в улучшении качества обслуживания
Ответьте пожалуйста на 3 вопроса
Пройти опрос