Специальные возможности
30.12.2011

O'zbekistondagi bank xizmatlaridan foydalanish imkonining darajasi xalqaro o'lchovlar bo'yicha yuqori hisoblanadi

 

O'zbekiston Markaziy bankining ma'lumotiga ko'ra, bank xizmatlarining ommaviylik darajasi 100 ming katta yoshdagi aholiga 49,5 bank muassasalari to'g'ri kelmoqda. Shu bilan birga xalqaro o'lchovlarda 100 ming kishiga 30 ta bank muassasalarini to'g'ri kelishining o'zi yuqori ko'rsatkich sanaladi. 
 
Milliy bank tizimi banklarda jismoniy shaxslar tomonidan ochilgan hisob raqamlarining miqdori bo'yicha ham yetakchilik qilmoqda. Mazkur ko'rsatkich 1000 ta katta yoshdagi aholiga 1025 ta hisob raqamiga (1000 dan ortishi yuqori ko'rsatkichdir) to'g'ri keldi. 
 
2011 yilda mamlakatda xalqaro baho tizimi asosida tijorat banklarining moliyaviy holati va barqarorligini xar chorakda baholash mexanizmi joriy etildi. 
 
Moliyaviy tahlilchilarning fikricha bank tizimi kapitallarining yetarlilik darajasi 24,1% ga yetgan bo'lib, xalqaro standartlardan uch barobar ortiq deganidir. 
 
'Mudis' xalqaro reyting agentligi ikkinchi bor O'zbekiston bank tizimining rivojlanish prognozini 'Baraqaror' deb baholadi. 'Standart end Purs' xalqaro reyting kompaniyasi 2011 yilning noyabr oyida uning reyting bahosini bir darajaga oshirdi. 
 
Noyabr oyida O'zbekistonga tashrif buyurgan Xalqaro valyuta fondining navbatdagi missiyasi tomonidan ' Banklarning kapitallashuv darajasini anchayin oshirish barqaror bank sektoriga o'z hissasini qo'shadi hamda davlatning rivojlanish dasturini amalga oshirishni ta'minlaydi' deya qayd etildi. 
 
2013 yilda O'zbekiston yetakchi xalqaro reyting tashkilotlaridan mamlakat reytingini olishni ko'zlamoqda. Mamlakatning mazkur muhim iqtisodiy xabarnomasi davlat rahbarining noyabrdagi '2011 - 2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko'rsatkichlariga erishishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida' gi qaroriga yo'naltirilgan.
 
UzReport 30.12.2011


Курсы валют

  • USDUZS
  • 8670.00
  • EURUZS
  • 9770.00
  • RUBUZS
  • 138.00

Мобильное
приложение Milliy

Информация по кредитам
Погашение кредита
Информация по депозитам
Уведомление о наступлении срока погашения кредита и выплаты начисленных процентов по депозитам