Сила в доверии

НБУ в соцсетях:

O'zbekistonda fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga sug'urta badallari hisobot Reyestri tulizadi

22.04.2015 1515

Davlatimiz rahbarining  «O'zbekiston Respublikasining 2014 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to'g'risida» 2013 yil 25 dekabrdagi qaroriga muvofiq hamda fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga o'tkazilgan sug'urta badallarini hisobga olish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga o'tkazilgan sug'urta badallari to'g'risidagi ma'lumotlarni yakka tartibda hisobga olishni joriy etish chora-tadbirlari haqida”gi qaror qabul qilindi.

Xujjatda belgilanishicha, fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga o'tkazilgan sug'urta badallari summalari to'g'risidagi ma'lumotlar har bir jismoniy shaxs bo'yicha ish beruvchilar tomonidan soliq organlariga fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga yagona ijtimoiy to'lovi va sug'urta badallari bo'yicha soliq hisoboti tarkibida belgilangan tartibda taqdim etiladi.

Hisobot berish:

– 2015 yilning birinchi yarim yilligidan — Toshkent shahri va Toshkent viloyati bo'yicha;

– 2016 yilning birinchi choragidan — O'zbekiston Respublikasining qolgan barcha hududlari bo'yicha boshlanadi.

    Xujjatda shuningdek, sug'urta badallarini hisobga olish reyestrini yuritish uchun zarur server asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi va boshqa periferiy asbob-uskunalarni xarid qilish bo'yicha tender savdolari 2015 yil 1 avgustgacha bo'lgan muddatda belgilangan tartibda o'tkazilishini ta'minlash ham qayd etilgan. 

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyala-rini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2016 yildan boshlab fuqarolarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali fuqaro-larning o'tkazilgan sug'urta badallari to'g'risidagi ma'lumotlarni taqdim etish bo'yicha davlat interaktiv xizmatini joriy etilishi ham qarorda qayd etilgan.

 

UzReport

0
0



Читайте также

Смотреть все новости

Вниманию клиентов Банка

19.04.2021

АО «Узнацбанк»: большой вклад в решение социально-экономических вопросов населения

19.04.2021

АО «Узнацбанк» объявляет конкурс на услуги по внедрению цифрового банкинга

14.04.2021

АО "Узнацбанк" объявляет конкурс на строительство экспресс-пункта

14.04.2021

Оставайтесь в курсе последних событий

Будем отправлять одно письмо в неделю, и никакого спама

Последнее обновление сайта: 19.04.2021 12:26:27

Лицензия Центрального Банка Республики Узбекистан №22 от 15.02.2020 г.
© 2021 NBU. Все права защищены. Обнаружив в тексте ошибку, выделите её и нажмите Ctrl+Enter

В случае обнаружения несоответствия в информации, представленной на разных языках, необходимо руководствоваться вариантом на государственном языке. При использовании материалов сайта ссылка на веб-сайт www.nbu.uz обязательна.

Обратная связь

Контактная информация

Режим работы обратной связи
с 9:00 до 21:00 с понедельника по пятницу

100084, Республика Узбекистан, г. Ташкент, проспект Амира Темура, 101

Ваше сообщение успешно отправлено

Наш специалист ответит вам в течение рабочего дня. В связи с большим числом запросов во время пандемии COVID-19 возможны небольшие задержки при ответе на обращения.