Специальные возможности
16.02.2015

O'zbekistonda 20 yil ichida qayta moliyalashtirish stavkasi 30 martaga pasaydi

Joriy yilning 5 yanvar kuni Markaziy bank qayta moliyalashtirish foiz stavkasini 9 foizga pasayganini e'lon qildi.  Deutsche Bank mutaxassislarining qayd etishlaricha, bu dunyoda monetar siyosatda global o'zgarish boshlanayotganidan dalolatdir.  Business insider nashri ma'lumotiga ko'ra, Toshkentda qayta moliyalashtirish stavkasi pasaytirilganidan so'ng “Katta yigirmatalik” tarkibidagi davlatlar, Xitoy va Avstraliya mamlakatlari ham foiz stavkalarini tegishli ravishda pasaytirishdi. 

Bank tizimini isloh qilish - mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror o'sish bosqichini ta'minlovchi muhim omillardan biri bo'lib, pirovardida tijorat banklarining birgalikdagi kapitali qariyb 25 foizga ko'paydi. Bank tizimini mustahkamlash tufayli Markaziy bank 2014 yilda qayta moliyalashtirish stavkalarini 12 foizdan 10 foizga tushirishga, shuningdek tijorat banklari kreditlari bo'yicha foiz stavkalarini kamaytirishga muvaffaq bo'ldi. Banklar tomonidan ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik yangilash uchun ajratilgan kredit mablag'lar hajmi 2013 yilga nisbatan  1,2 martaga, aylanma mablag'larining to'ldirilishi esa 1,3 foizdan ziyodga ortgan. Deutsche Bank iqtisodchilarning ma'lum qilishicha, monetar siyosatning dollarga nisbatan yumshatilganiga qaramay, pasayish darajasi o'rtacha 4 foizni tashkil qildi. Almashtirish yoki boshqa kurslar esa o'zgarishsiz qolmoqda. Stavkalarning maksimal ko'rsatkichi 1995 yilda qayd etilgandi, so'ng u keskin tushib ketgan va bu tendensiya shu kungacha davom etdi. Stavkalar sezilarsiz ravishda ko'tarilgandi, lekin bugun uning tarixdagi eng kam miqdori qayd etildi. Dunyo miqyosida qayta moliyalashtirish stavkalarining pasayishi bir necha mamlakatlarga xos holat. Mazkur stavkalarning ko'tarilishi esa Zimbabveda (2001 yilda 57%ga, 2006 y. –500%), Qirg'izistonda  (2002 yilda 4,4%, 2007y.da 15,22% gacha), Pokistonda (2001 yilda 10% ga , 2008da  – 15% gacha) kuzatilgan. 

 

 

UzReport


Курсы валют

  • USDUZS
  • 8600.00
  • EURUZS
  • 9720.00
  • RUBUZS
  • 135.00

Мобильное
приложение Milliy

Информация по кредитам
Погашение кредита
Информация по депозитам
Уведомление о наступлении срока погашения кредита и выплаты начисленных процентов по депозитам