O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki xorijiy sheriklar bilan axborot texnologiyalari sohasida o'zaro hamkorlik olib bormoqda
23.08.2015
2835
Xozirda O'zmilliybanking Axborot texnologiyalari Departamenti tomonidan AKT bo'yicha loyihalarni ko'llab-quvvatlash banknining texnik va texnologik infrastrukturasini yanada takomillashtirish, ishonch darajasini oshirish borasida yangi loyihalar yuzasidan muntazam izlanishlar olib borilmoqda.
Bugungi kunda O'zmilliybank tizimida samarali ishni tashkil qiladigan zamonaviy IT texnologiyalari ishlatilmoqda. Bank mutaxassislari tomonidan bankning axborot tizimini takomillashtirish bo'yicha muntazam yangi loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda. Shu o'rinda qayd etish lozimki 2002 yildan boshlab O’zmilliybank ma'lumotlar uzatish tarmog'i uchun mo'ljallangan telekommunikatsiya moslamalarini ishlab chiqarish bo'yicha jahondagi yetakchi "Sisko sistems" kompaniyasi bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, Sisko kompaniyasining moslamalari asosida O'zmilliybankda korporativ ma'lumotlar uzatish tarmog'i qurilgan bo'lib, u orqali butun respublika bo'ylab bankning 92ta bo'lim va filiallari yagona axborot maydoniga birlashtirilgan.
TIF Milliy bank Axborot texnologiyalari departamenti direktori o'rinbosari Iskandar Yuldashev “UzReport”AA muxbiriga bergan intervyusida shunday dedi:
– Sisko kompaniyasining moslamalari asosida O'zmilliybankda korporativ ma'lumotlar uzatish tarmog'i qurilgan bo'lib, u orqali butun Respublika bo'ylab bankning 95ta bo'lim va filiallari yagona axborot maydoniga birlashdi. Sisko kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan moslamalar va dasturiy ta'minotdan foydalanish bank mutaxassislariga yagona markaz orqali axborot oqimini boshqarish, vujudga kelayotgan muammolarni operativ bartaraf etish, asosiy kanal bo'yicha aloqa uzilishi ro'y beradigan hollarda aloqaning rezervdagi kanallariga avtomatik tarzda o'tkazishni ta'minlash imkonini tug'diradi.
Sisko kompaniyasining texnologiyalari asosida barpo etilgan O'zmilliybankning ma'lumotlar uzatish tarmog'i bo'lim va filiallarning axborot servislari bilan uzluksiz ish olib borishini tashkil etish, bank mijozlariga sifatli xizmat ko'rsatish, ularga zamonaviy bank xizmatlarining keng spektrini taqdim etish imkoniyatini beradi
Bundan tashqari, 2014 yildan boshlab bank mutaxassislari tomonidan axborot infrastrukturasini rivojlantirish, kompyuter parkini yangilash bo'yicha loyihalar, shu bilan bir qatorda bank mijozlariga xizmat ko'rsatishni takomillashtirishni ko'zda tutadigan ishlar amalga oshirilgan.
Xususan, ma'lumotlarni qayta ishlash markazini zamonaviylashtirish bo'yicha loyiha ishlab chiqilgan bo'lib, amaliyotga tatbiq etilishi natijasida axborot tizimi barqarorligini va ma'lumotlarni qayta ishlash unumdorligini oshirishga erishildi. Shuningdek, bank mutaxassislari tomonidan bankning viloyat bo'linmalarini ma'lumotlar yetkazish kanali quvvatini kengaytirishni ta'minlaydigan optik tolali kabelda ishlashga o'tkazish bo'yicha ham loyiha amalga oshirildi.
UzReport