Специальные возможности
15.11.2014

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati 2015 yil uchun davlat byudjetini tasdiqladi

Yangi byudjetning daromad qismi 36,2 trln. so'm yoki yalpi ichki mahsulotning 20,2 foizini, xarajat qismi esa 38 trln. so'm yoki yalpi chiki mahsulotning 21,2 foizini tashkil qiladi. Byudjet keyingi yil uchun rejalashtirilgan yalpi ichki mahsulotning 8 foiz, sanoat ishlab chiqarishi - 8,3 foiz, qishloq xo'jaligi - 6 foiz, kapital qo'yilmalar hajmi - 9,6 foiz usishini hamda prognoz qilinayotgan inflyatsiyani 5,5-6,5 foiz darajasida o'sishini hisobga olingan holda, ishlab chiqilgan.

Iqtisodiyotga yo'naltiriladigan xarajatlar yalpi ichki mahsulotning 2,3 foizini, aholi punktlarini obodonlashtirish, jumladan qishloq hududlaridagi yo'llarda to'liq va joriy ta'mirlashni amalga oshirish bo'yicha xarajatlar esa 0,4 foizdan iborat bo'ladi, bu esa 2014 yilga nisbatan 1,3 barobarga ortiq degani. Bundan tashqari, O'zbekiston hukumati ayrim soliqlarning stavkalarini pasaytirishni ko'zlamoqda. Xususan, yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliqning bazaviy stavkasi 8 foizdan 7,5 foizgacha pasayib, korxonalar ixtiyorida qariyb 90 mlrd. so'mga teng mablag' qolishi uchun imkon yaratadi. Mikrofirmalar va kichik korxonalar, shuningdek fermer xo'jaliklari uchun yagona ijtimoiy to'lov stavkasi 25 foizdan 15 foizgacha qisqaradi. Mikrofirma va kichik korxona shaklidagi qurilish tashkilotlari uchun yagona soliq  stavkasi qiymati 6 foizdan 5 foizgacha kamaytiriladi. Mehnatga xak to'lovi shaklidagi fuqarolar daromadidan olinuvchi majburiy  sug'urta kirimlari stavkasi 6,5 foizdan 7 foizgacha ko'tariladi. Shuningdek, qator soliq turlarining indeksatsiyasi ko'zda tutilgan. Jismoniy shaxslarning mulkidan olinuvchi soliq, yer solig'i hamda alkogol va tamaki mahsulotlariga aksiz solig'i shular jumlasidandir.

 

 

UzReport


Курсы валют

  • USDUZS
  • 9000.00
  • EURUZS
  • 10020.00
  • RUBUZS
  • 137.00

Мобильное
приложение Milliy

Информация по кредитам
Погашение кредита
Информация по депозитам
Уведомление о наступлении срока погашения кредита и выплаты начисленных процентов по депозитам

Свидетельство об официальной регистрации программы